Dastlab bolalikdan tish do'xtiri, pediatriyaga ham qiziqish bo'lgan. O'zim istagan tikuvchilik-dizayn sohasiga uyimdagilar ko'nishmagach, nailoj ular xohlagan huquqshunoslik bo'yicha kollejda o'qidim. Muhitga tez moslashuvchanligim bois hamma bn tez chiqishib ketdim. Bitirdim ham... Ammo baribir o'zim orzuimdek kasb emasdi... O'sha bitirgan yilim ham institutga hujjat topshirmadim. Ota-onam rozi bo'lmadilar, garchi qobiliyatim, shu sevgan kasbimga muhabbatim to'lib-toshsayam shu kasbim bo'yicha o'qimadim... Mutlaqo boshqa kasb egalari bn ishladim. Tahririyatda Kompyuter operatorligi, advokaturada ham biroz ishladim. U yergayam tez chiqishib ketdimu baribir armon armonligicha qolib ketdi... Hozir uydaman. Uy ishlari, ilm o'rganyapman. Yaqin kun/da hamshiralik kursida ham o'qimoqchiman. Mohir tikuvchi-dizayner kasbi man uchun hali ham armon... Bo'b qoldi...