Halokati yaqin qolgan tana mazmun mohiyatini yo’qotadi. Ruh esa o’lim yengillashuvi bilan go’yo yangilangandek bo’ladi. Bu ruhning borligi,o’limning hayot nihoyasi emas, bir o’zgarish ekaniga dalildir. Yana ham muhimi, o’lim oldidan insonning haqiqatga, adolatga yaqin bo’lish hikmatidir. O’limi yaqinlashganda ko’p chilik adashganlar yo’lidan qaytib, yaqinlariga jiddiy haqiqatlarni gapirishi ko’p uchraydi. Insonning faqatgina moddiy mavjudot emasligi juda muhimdir. U ba’zi hodisalarni oldindan sezadi. Bu tuyg’u hammada uchraydi. Faqat bu tuyg’uni amalda, moddiy holatda izohlash mumkin emas. Chunki dunyoviy voqealar vaqt bilan chegaralangan. Ilohiy voqealarda esa vaqt cheksizdir. Folbinlik bilan bashoratni ajrata bilish kerak. Ruhiyatga bag’ishlangan kitoblarda zobitlarga oid minglab voqealar bor. Bular orasida samolyot falokatlarini oldindan sezganlar, urushlarda o’limi yaqinlashganini bilganlar ko’p bo’lgan. Sog’liqdan muammosi bo’lmaganlarning o’lim haqida xabar berish hollari ko’p uchraydi. Janobi Haq o’lim yengillashuvi bilan quliga so’nggi imkoniyatni beradi.
Bularning ko’pi mo’jiza edi. Abrinur xonim Amina xonimni bu izohlarini davom ettirdi.
Ayselning og’riqlari to’xtab, o’ziga kelgach, bizlarni hayratga slogan o’zgarish ro’y berdi. "œSuv olib keeling, tahorat olaman", dedi u. "œMehmonlarim keladi, ularni tahoratli kutib olishim kerak". Tahorat oldi. Ammo biz bilan umuman qiziqmadi. U endi boshqa bir olamning vakilidek, nigohi, harakatlari bizga noma’lum narsalarga qaratilgan edi. "œQara",-dedi. "œAzon o’qish boshlandi. Bu men uchun o’qilyapti. Menga "œtayorlan’, deya xabar berishyapti". Tabiiyki, bzi azonni eshitmasdik. Ammo Aysel dunyoni tark etgan, boshqa bir olamda yashay boshlagandi. U ko’p narsalarni ko’rar, eshitar,ammo uning ko’rayotganlarini biz ko’rmasdik. O’girildi, tiz cho’kdi, qo’llarini tizzaga qo’yib katta ishtiyoq bilan azonning tugashini kutdi. "œAzon tugadi", dedi. "œEndi meni olib ketishga kelishadi". O’zining haqqiga duo qila boshladi.