TORTISHISH KUCHI VA ORBITAL HARAKATLAR
Bas, qasamyod eturman qayta-qayta chiqib turuvchi bilan, yashirinuvchi sayyoralar bilan, ... («Takvir» surasi, 15-16-oyatlar)
«Takvir» surasining 15-oyatidagi «xunnas» so‘zi «tortilmoq va orqagatisarilmoq», «ichiga tortmoq va iziga qaytmoq» ma’nolarini o‘z ichiga oladi. 16-oyatda «yashirinuvchi» deb tarjima qilingan arabcha jumla «kunnas» («kaanis» so‘zining ko‘plik shakli) bo‘lib, u harakatdagi jismning uyi, makoniga kirish yoki uyasiga kiruvchi va u yerda yashirinuvchi narsalarning muayyan bir yo‘lini nazarda tutadi. Yana 16-oyatdagi «javaar» («jariyah» so‘zining ko‘plik shakli) so‘zi ko‘chadigan va oqadigan biror narsani anglatadi. Shu ma’nolarni nazarda tutgan holda, bu oyatlar sayyoralarning tortishish kuchlari va ularning o‘z orbitalarida harakat qilishlariga ishora qilyapti deb tushunish mumkin.
Yuqorida qayd etilgan oyatlardagi bu so‘zlar tortishish kuchiga asoslangan orbital harakatlarni to‘liq tasvirlaydi. Bulardan, «xunnas» so‘zi sayyoralarning o‘z markazlari tomon tortilishi va ularning Quyosh sistemasining markazi bo‘lgan Quyosh tomon ham tortilishini anglatadi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) Garchi bu tortishish kuchi XVII va XVIII asrlarda yashab o‘tgan Isaak Nyutonning matematik formulalari bilan kashf qilingan bo‘lsa-da, u koinotda allaqachon mavjud edi. 16-oyatdagi «javaar» so‘zi tortishish kuchiga qarshi bo‘lgan markazdan qochma kuch ta’sirida yuzaga keladigan orbital harakatlarga urg‘u beradi. Shubhasiz, «javaar» so‘zining «xunnas» (markaz tomon tortilish, tortilish) va «kunnas» (harakatdagi jismning uyi, makoniga kirish yo‘li) lar bilan birga ishlatilishi, 1400 yil avval biror kishining bilishi dargumon bo‘lgan muhim ilmiy haqiqat to‘g‘risida dalolat beradi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) Bundan tashqari, mazkur oyatlar Qur’onda qasamyod etilgan mavzulardan biri bo‘lib, bu mavzuning ahamiyatliligidan darak beruvchi boshqa bir nishonadir.