140-bob. Yaxshi kishiga halol mol
302. Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: Rasululloh (sa.v.) kiyim-boshlari va qurollarini olib, tayyorlanib kelsin, deb menga kishi yubordilar. Men buyurganlaridek tayyorlanib, huzurlariga bordim. Rasululloh (s.a.v.) tahorat qilayotgan ekanlar. Menga tikilib qaradilar-da, keyin: "Ey Amr! Seni askarlarga boshliq qilib yubormoqchiman. Alloh taolo qo'lingga g'animatlar tushirsin. Yana men senga foydalik mollardan ham bo'lishiga talabgorman", dedilar. "Yo Rasulalloh! Men molga qiziqib musulmon bo'lgan emasman. Men siz bilan birga bo'lishga rag'bat qilib musulmon bo'lgan edim", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Ey Amr! Solih, qobil kishida halol molning bo'lishi qanday yaxshi narsa!" - dedilar.