195-bob. Birodari maslahat so'ramasa ham maslahat bergan kishi haqida
421. Abdulloh ibn Umar (r.a.): "Bir podachi atrofida suvi va o'tlari ko'p yaylov turib, suvi ham, o'tlari ham oz yerda qo'ylarini boqib yurganini ko'rib, "Ey, podachi, qo'ylaringni bu yerdan ko'ra suvi ham, o'tlari ham ko'p narigi yaylovga olib borsang bo'lmaydimi?" degani haqida men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Har bir podachi o'z qaramog'idagi mollari uchun javobgardir", degan hadislarini eshitganman", -dedilar.