Taqvo faqatgina yemaslik, ichmaslik, jinsiy munosabatlardan uzoq turish degani emas.
Ko’ngilning ham taqvosi bor. Ko’ngilning taqvosi — haromga qaramaslik. Chunki yuqorida ham aytganimizdek, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyuradilarki:
«Ko’zlar ham zino qiladi!». Agarda ko’zlar ham zino qiladigan bo’lsa, ko’zimiz haromga qaradimi, ro’zamizning savobi ham ketadi. Shuning uchun ro’zadormisan, Allohning harom qilgan taraflariga qaramaysan!
Tilning ham ofatlari bor. U ham gunohlardan saqlanadi. Quloqning ham ofatlari bor, uni ham haromlardan qo’riqlaysan. Tilni ham haromdan saqlanadi, qo’lni haromlarga uzatmaydi, qadamlarini harom tomonga tashlamaydi, bormaydi. Butun a’zolarini taqvoga o’rgatganidan so’ng, ro’zasi qabul bo’ladi.
Imom G’azzoliy ro’zaning uch martabasini ko’rsatadilar:
1. Avomning ro’zasi. Avomning ro’zasi qanday? Och qolish, suvsiz qolish, jinsiy munosabatlardan o’zini saqlash. Juda ham oddiy.
2. Xoslarning ro’zasi: Yemaydi, ichmaydi, ko’zlarini, qulog’ini, tilini haromdan saqlaydi. Qo’lini ham haromga uzatmaydi, oyog’i bilan ham haromga bormaydi. Har tomondan gunohlardan saqlanadi.. Asl ro’za — shu.