Bahri bayt  ( 874113 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 229 230 231 232 233 234 235 236 237 238 239 ... 255 B


Qodirbek  22 Oktyabr 2010, 12:00:01

Qo'rqmaslar Ollohdan zino qilarlar.
Nomahram ortidan uzoq boqarlar.
Bir oddiy sinovni yuborsa Rabbim.
Gunohim ne deya oh voh urarlaR.
Qodirbek.

Qayd etilgan


AL_laziz87  24 Oktyabr 2010, 11:41:36

Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing —
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..
Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O`zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun —
Kokillaridan?..
Muxammad Yusuf!

Qayd etilgan


Aqoid  24 Oktyabr 2010, 22:13:36

Namozhon darveshlar, davlatli boylar
Falakning gardishi kajdir yoronlar
Minnatli o'qilgan namoz qabulmas
Davlatga tayanmang, puchdir yoronlar

Qayd etilgan


Hadija  26 Oktyabr 2010, 14:23:49

Rubbi maskun ichra sayyod, o'zim sayd,
Ortiq madorim yo'q, voqifsan ahir.
Manglayda yozilgan farmoningni ayt,
Da'vat qil, gunohkor bandangni chaqir.

Rauf Parfi "Munojot"

Qayd etilgan


JaviK  31 Oktyabr 2010, 01:25:43

А смолига сширган ишқин
Оддий қизлар схши бслади!
Хайрулла Хамидов

Qayd etilgan


Aqoid  31 Oktyabr 2010, 06:52:52

Indamaslar olamin sayr ayladim,
Sayr etib men beriyo hayr ayladim.

Qayd etilgan


Hadija  02 Noyabr 2010, 16:07:42

Mastu alast, beg’am do’sti yor,
Toliqtirar qalbimni manim.
Shunda birdan bo’ladi oshkor,
Yolg’izlardan yolg’iz ekanim.

Usmon Azim

Qayd etilgan


AbdurRohman  03 Noyabr 2010, 19:08:45

Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.

Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a,
Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no'shxand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.

Kerak o'z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,
Buzug' ko'nglumdin o'zga yerga javloni samand etmas.

Ko'ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin o'zga bo'ynungg'a kamand etmas.

Ul oy o'tlug' yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko'z,
Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas.

Alisher Navoiy!

Qayd etilgan


braupov  05 Noyabr 2010, 21:59:20

Sensan  sevarim,  xoh  inon, xoh  inonma,
Qondur  jigarim,  xoh  inon, xoh  inonma.
Hijron   kechasi  charxi  falakka  yetar,  ey  moh,
Ohi  saharim, xoh  inon, xoh  inonma.
Hattoki  qilich  kelsa  boshimg`a  eshikingdin,
Yo`qtur  guzarim,  xoh  inon, xoh  inonma.

Lutfiy

Qayd etilgan


_IYMONA_  06 Noyabr 2010, 00:34:15

Ahbob, yig'lamoqni farog'at tutungiz, Jam'iyatingiz borini davlat tutungiz, Chun gardishi charx budur, Tengri uchun, Bir-birini necha kuni g'animat tutungiz. Zahiriddin Muhammad Bobur

Qayd etilgan