Bahri bayt  ( 874018 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 230 231 232 233 234 235 236 237 238 239 240 ... 255 B


Hadija  06 Noyabr 2010, 11:25:49

Alamdan tutoqib daraxtga ko'chdi,
Kurtakni uyg'otib so'yladi g'amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g'unchasini etdi chok-chok.
Zulfiya (Bahor keldi seni so'roqlab)

Qayd etilgan


AL_laziz87  07 Noyabr 2010, 13:11:30

Ko'p  kezma  daraxtzor  bog'lar  ichinda,
Daraxtlar  dil  do'sting  bo'lolmas  sening,
Chorlasang  kelolmas,yonib  qucholmas,
Sen  faqat  mening  bo'l, meniki, mening.
(She'riyat mavzusiga Yoqutxon joylagan she'rdan yoqqanligi uchun ko'chirib olgan edim Uzr..takrorlangan bo'lsa)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  07 Noyabr 2010, 13:26:09

:as:
Gullarning bag'riga to'kilgan dog'im,
Eram saroyidan chiroyli bog'im,
Vujudan aslimsan, ona tuprog'im,
Har qarich yeringdan o'rgiloyin-ey!
Mahmud Asror

Qayd etilgan


Qodirbek  10 Noyabr 2010, 19:42:09

Йиғламагин, мен ғариб деб тскма ксз ёш,
Оқ либосинг, срашибди, қайрилма қош,
А­нди менинг осмонимда сснди қуёш,
Ишқин зарга сотган нархи арзонгинам,
Йиғлаб-йиғлаб келин бслган армонгинаM

QODIRBEK

Qayd etilgan


AL_laziz87  20 Noyabr 2010, 22:42:55

Men uchratdim oddiy qizcha deb
Pulga o'chmas Seni byncha deb
O'ylabmanku Seni g'uncha deb
Bog'imdangi bulbulcha deb
O'ylabmanku seni zorim deb
Yuragimda yurgan orim deb
Yonmagan Sen shamchiroqsan
Boylikka o'ch bir, bedavosan
Yaxshi qol eng so'ngi so'zim
Ko'zingda qolar yosh to'la ko'zim
Lekin adashgan ekanman-ku
Bir bevafoni sevib mangu
O'ziga bino qo'ygan qizaloq
Boylikka o'ch bo'lgan bo'taloq
Qarashlaring muncha ma'nosiz
Bo'ylikka o'ch bo'lgan betamiz!

Qayd etilgan


Aqoid  21 Noyabr 2010, 00:14:58

Zohir o'lg'ay har nafas ul tul sochingning xajrida,
O'tlig' ohim dud yanglig' chipsa peshu g'am bila

Qayd etilgan


JaviK  21 Noyabr 2010, 10:16:59

Aytadir: "Bir ko'rib, yo'limdan ozib,
Tog'u toshlar ichra istab yuramen!
Bir ko'rdim men uni - shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!..

CHo`lpon

Qayd etilgan


Lu`lu`  20 Dekabr 2010, 22:33:50

Lekin sevgim joy topolmadi
Xotiralar yotgan qalbingdan.
Sen uni hech unutolmading,
Men ham kecha olmasman sendan.

(Rauf Parfi "Arosat sevgi")

Qayd etilgan


Sevdo  21 Dekabr 2010, 14:14:00

Namoz uqib kukragini kerishadi,
Ramazonda ruza tutib so'kishadi.
G'ayriddindan hafa bulma ey brodar,
Musulmonlar bu kun dindan qaytishadi.
(SUMAYYA)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  13 Fevral 2011, 00:15:32

:as:
Ishq biyobonida yurmoq ham mushkul,
Undan oyoq yig'ib turmoq ham mushkul.
Hammadan mushkulroq shuki, har joyda,
Yoring ma'lum, lekin ko'rmoq ham mushkul.

Pahlavon Mahmud

Qayd etilgan