744/7. Abu Shurayh Honiy al-Horisiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga qavmlari ila vakil bo‘lib kelishganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qavmi uni Abulhakam deb kunyalashganlarini eshitib, huzurlariga chaqirdilar. «Albatta Alloh hakamdir. Hukm ham Unga xosdir. Nima uchun seni Hakamning otasi, deb kunyalashadi?» deganlarida, u: «Qavmim agar biror narsada ixtilof qilishsa, menga kelishar edi. Men ularning oralarida hakam bo‘lar edim. Ikki tomon ham mendan rozi bo‘lishardi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu-ku yaxshi! Bolalaring bormi?» deb so‘radilar. U: «Ha, Shurayh, Muslim va Abdulloh ismli bolalarim bor», dedi. «Ularning kattasi kim?» deganlarida, «Shurayh», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen Abu Shurayhsan, ya’ni Shurayhning otasi», dedilar.
Abu Dovud aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Osiy (gunohkor), Aziz, Atla(qo‘pol), Shayton, Hakam (hukm qiluvchi), G’urob (qarg‘a), Hubob (shaytonning ismlaridan biri) va Shihob (uchqun) ismlarini Hoshim, deb o‘zgartirdilar. Va yana Harbni (urush) Silm (tinchlik), deb, Muztaji’ni (yonboshlagan) Munba’is (harakatga tushuvchi), deb, Afira (quruq) degan yerni Xazira (ko‘m-ko‘k), deb, Shi’baz zalolani (zalolat darasi) Shi’balhuda (hidoyat darasi), deb, Banuzzaniyyani (zino bolalari) va Banumug‘viyani (adashganlar bolalari) Banurishda (rushdu-hidoyatdagilar bolalari), deb ismladilar». Bularning isnodini qisqa bo‘lgani uchun tark qilganlar.