XXI asr she'riyati:
Nigora ToshqulovaYOLG‘ONCHI DUNYOBo‘yimga bo‘y yor topsam-da,
Ko‘nglimdagin topolmadim.
Tilda shirin so‘zlasam-da,
Dilimdagin aytolmadim.
Mag‘rur bo‘lib yashasam-da,
Yurak tubi kemtik bo‘ldi.
Shu kemtikka netay, ey, voh,
Iztirobu armon to‘ldi.
Yig‘lay, yig‘lay yurak bedor,
Sirlaringning ustin yopdi.
Soxta kulgu hadya etib,
Yolg‘onchi dunyo sari chopdi.
Yolg‘onchilik qilma, Dunyo,
Izn bergin o‘ylamoqqa.
Aldovlaring majbur etar,
O‘zni aldab yashamoqqa.