Metin ikkovimiz yugurib balkonga chiqdik. Bun¬doq qarasak, binoning eshigi oldida ikkita oyoq cho'zilib yotibdi. Mashinasi shu yerda ekan, shofyori yugurib keldi. Shofyor zo'r jurnalistni arang turg'izdi, keyin qo'ltig'idan olib, mashinaga o'tqazib qo'ydi.
Metin o'sha kuni rosa yayrab kuldi. Undan ko'ng-lim to'q, hech kimga aytmaydi. Ammo o'zimni vahm bosdi — bechoraning boshi yorilsa nima bo'lardi? Harholda omadi bor ekan, mayib bo'lgani yo'q.
Anchadan keyin uyga qaytib kirdim. Dadamning qo'lida gazeta.
— Ha, gap nimada edi? — ko'zini ochdi buvam.
— Chalasi qolmovdi. Gapni tugatgan edingiz.
— Ha, darvoqe... Xo'sh, atom urushi bo'larmikin? Dadam bir nimalar haqida gapirdi, keyin boyagi mehmonning kimligini so'radi.
— So'rab nima qilasan uni, o'giim. Har qanday vaziyatda ham oyog'ini to'rt qilib yuradiganlardan...
— Buva, iltimosi nima bo'ladi, o'rtog'ingizga aytib qo'yasizmi?
— Odamning yuzi issiq bo'ladi, qizim. Va'da berib qo'ydim, endi bajarish kerak.
Buvam kursiga bemalol suyanib oldi. Bu gal fikrga toldi chamamda. Dadam oyoq uchida yurib, tashqari chiqib ketdi.
Sen oldingi xatingda gapim ko'payib ketdi, degan ekansan. Meniki senikidan oshib tushdi. Mana, ko'rdingmi?!
Senga va hamma o'rtoqlaringga salomlar yo'llayman. Hammangizga muvaffaqiyat tilab:
Zaynab Yolqir.
P.S. O'sha mashhur jurnalist o'tgan yili maktabi-mizda gapirganda azbaroyi ta'sirlanib ketganimdan ko'zyoshi to'kib olgan edim. Endi bunaqa gaplarni eshitsam, sirayam yig'lamayman.
Z. Y.