savol: G'uslni lozim qilguvchi sabab nechtadir?
javob: 5 ta dir. 1-maniyning oz joyidan qozgalib dafq va lazzat ila chiqmogi. 2-olatning yoki orqaga kirmog'i. 3. hayzning tamom bo'lmog'i, 4 nifosning tamom bo'lmog'i,5 uyqudan turgan kishi maniy yo maziynikormog'i, agarchandiki, ehtilom bo'lgan- bo'lmaganini aslamasa ham. hayolidaehtimol ehtimol bo'lgan tuyulsa ham, ammo maniy va maziyni kormasa, unga g'usl vojib bo'lmas.
savol: Tahoratga joiz boladigan suv necha navdir?
javob: 3 navdir: 1 oqar suv,2 tohtab qolgan kol suvi, 3 quduq suvi.
savol: oqar suvning meyori nimadadir?
javob: yaproq yoki bir has chopni oqizgan suvga oqar suv deyilur.
savol: oqar suvga najas tushsa, ne bolur?
javob: agar ta'mi yoki rangi yo bo'yi najosatdan o'zgarmasa, najas hisoblanmaydi.
savol: tomlarda najosat bo'lsa, uning ustiga yomgir yogsa novdan oqib kiyimlarga tegsa kiyimlar najas bo'lurmi?
javob: novdan oqqan suvning tamomi yo koprogi yo yarmi najosatga tegib oqsa, ul suv najasdir. kiyimga tegsa kiyim ham najas bo'lur. agar yarmidan ozroq tegib oqsa najas bo'lmas. agar najas tomning har yerida bo'lib novda bo'lmasa mazkur najosatga tegib, so'ngra novdan oqgan suv najas bo'lmaydi. kiyimni ham najas qilmaydi, magar suvning rangi najosatdan o'zgarsa novdan oqsa u suratda najas bo'lur.
savol: to'htab qolgan kolmak suvning meyori qanchadir?
javob: "Dah dar dah", ya'ni , har tarafi 10 gazdan bo'lsa, shar'iy bo'lib, undan suv olish bilan tagi ochilmasa kop hisoblanadi.
savol: Quduqlarga najas tushsa , hukmi nima bo'lur?
javob: quduqlardagi suvni tortish ila pok bo'lur. agar quduq suvi kop bo'lsa yo buloqga ohshab tagidan suv chiqib tursa uni tortish mumkin bolmasa, qudiqni katta kichikligiga qarab suv miqdorini bilishda 2 tajribali odam quduq suvining miqdorini belgilab ushbu quduqdan qancha suv olib tashlash k-k ekanligini aniqlashadi.
savol: Tayamum nimadir?
javob: tahorat yo g'usl lozimbo'lgan kishi suvdan ojiz bo'lsa, poklanmoq qasdi ila tuproqbilan yoki tuproqning jinsi bilan poklanishni tayamum deyiladi.
savol: suvdan ojizlikning belgilari ne?
javob; suv bo'lmaslik yo bo'lib to'rt ming qadam yiroqda bo'lmog'i yo oz bo'lib, agar tahorat yo g'usl qilsa, o'zi yoki ulog'i suvsiz qolishi ehtimoli borligi yokibetoblik sababidan va yo boshqa sabablar bilan suvni istemol qilishdan ojiz bo'lishdir.
savol: Tayammumning farzlari nechadir?
javob: 3 tadir. 1. niyat qilmoq. 2. Qo'llarini pok tuproqqa yo tuproqjinsiga 1 marta urib yuziga mash qilmoq. 3. Qo'llarini yana pok tuproqqa bir marta urib , ikki qo'lini tirsaklari bilan qo'shib masx qilmoqdir