Xon oddiylik qilmasa,
Xonumonidan ayrilar.
Boy hayrlik qilmasa,
Bor molidan ayrilar.
* * *
Saxiyning hayiriga bahilning boshi og'rir.
* * *
Xayr qilsang, butun qil.
* * *
Xayrli qo'l qayrilmas.
* * *
Eshak bo'lsin, xayrli bo'lsin.
* * *
Yahshilik qil, daryoga tashla,
Baliq bilar,
Baliq bilmasa,
Xoliq bilar.