Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 309195 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 75 B


muxbir  26 May 2008, 19:36:12

61. Quyidagi ko‘rsatilgan qaysi voqea sabab dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga bo‘lgan uzluksiz bosqinlari barham topib, aholi vohalar atrofi bo‘ylab mudofaa devorlari yu son sanoqsiz qal’alarni bino qilish va ularni ta’mirlab turishdek mashaqqatli mehnatdan forig‘ bo‘ldi?
A) Nasrni butun Movarounnahr hukmdoriga aylanishi
B) Ismoilni Movarounnahrni o‘z qo‘l ostiga
birlashtirishi
S) Butun Xuroson somoniylar qo‘l ostiga o‘tishi
D) Ismoil tomonidan dashtliklarga qaqshatqich zarba berilishi

62. Kampirak devori qaysi vohaning atrofini o‘rab turgan?
A) Hirotning
B) Samarqandning
S) Buxoroning
D) Marv

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:36:20

63. O‘rta asrlarga bunyod etilgan Kampirak devori necha km ni tashkil etgan?
A) 300 km dan oshiq
B) 350 km dan oshiq
S) 250 km dan oshiq
D) 200 km dan oshiq

64. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi Arab xalifaligini "¦
A) parchalanishini boshlanishiga olib keldi.
B) qo‘zg‘olonlarni avj olishiga olib keldi.
S) katta boyliklardan mahrum bo‘lishiga va cho‘chishiga olib keldi.
D) Movarounnahrga qarshi urush ochishiga bahona bo‘ldi.

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:36:31

65. Nima sababdan Arab xalifaligi safforiylar bilan somoniylarni to‘qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o‘z ta’sirini qayta tiklashga harakat qiladi?
A) Movarounnahr aholisini mustaqillikka erishuvi.
B) Movarounnahr aholisini Arab xalifaligiga qarshi urush harakatlarini olib borishi.
S) Movarounnahr bilan Xuroson aholisini birlashishga harakat qilishi.
D) Safforiylar bilan somoniylar xutbadan xalifani nomini chiqarib tashlashi.

66. Xalifa Mu’tazidning hukmronlik yillari nechanchi yillarga to‘g‘ri keladi?
A) 892-902-yillar
B) 893-902-yillar
C) 894-900-yillar
D) 892-901-yillar

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:36:38

67. Xalifa Mu’tazid qaysi safforiylar hukmdoriga Xuroson bilan birga Movoraunnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi?
A) Ismoil Somoniy
B) Ya’qub ibn Lays
S) Amr ibn Lays
D) Nasr

68. Nechanchi yilda safforiylar va somoniylar o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi?
A) 885-yilda
B) 901-yilda
C) 900-yilda
D) 905-yilda

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:36:46

69. Amr ibn Lays kim bo‘lgan?
A) Somoniylar hukmdori
B) Safforiylar hukmdori
S) Tohiriylar hukmdori
D) Arab xalifasi

70. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o‘z qo‘li ostida birlashtirgandan so‘ng qaysi shaharni poytaxt deb e’lon qildi?
A) Samarqandni
B) Xurosonni
C) Tarozni
D) Buxoroni

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:36:54

71. Quyidagi ko‘rsatilgan qaysi voqea sabab butun Xuroson somoniylar qo‘l ostiga o‘tdi?
A) Ismoil Somoniyning safforiylar ustidan qozongan g‘alabasi
B) Ismoil Somoniyning butun Movarounnahrni o‘z qo‘l ostiga birlashtirishi
S) Ismoil Somoniyning dashtliklarga qaqshatqich zarba berishi
D) Ismoil Somoniyning tohiriylar ustidan qozongan g‘alabasi

72. Xalifa Mutazid kimlarga hukmdorlik yorlig‘ini yuborgan?
A) Amr ibn Lays va Nasr Somoniy
B) Ya’qub ibn Lays va Ismoil Somoniy
S) Amr ibn Lays va Ismoil Somoniy
D) Rofe ibn Lays va Ismoil Somoniy

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:37:02

73. Movarounnahr mustaqiligining barqarorligi nimaga bog‘liq edi?
A) Kuchli hukmdorning mavjudligiga
B) Markazlashgan mustahkam hokimyatning qaror topishiga
C) Ixcham boshqaruv ma’muriyatiga
D) Kuchli qo‘shinning borligiga

74. Ma’lumki, somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma’muriyatini tashkil etdilar. Ular nimalardan iborat edi?
A) amid ul-mulk va devonlardan iborat edi
B) hojibi buzruk va ulamolardan iborat edi
S) bosh boshqaruv mahkamasi va devonlardan iborat edi
D) amir dargohi va devonlardan iborat edi

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:37:10

75. Somoniylar dargohida kimlarning turar joylari bo‘lardi?
1) amir qarorgohi va harami; 2) saroy a’yonlari; 3) mahlliy mulkdorlar; 4) navkarlar; 5) xizmatkorlar
A) 1, 2, 4, 5
B) 1, 2, 3, 4, 5
S) 1, 2, 3
D) 1, 4, 5

76. Somoniylar boshqaruvi asosan nechta devon orqali idora qilinardi?
A) 6
B) 8
S) 10
D) 12

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:37:17

77. Somoniylar boshqaruv tizimida bosh boshqaruv mahkamasini aniqlang.
A) amir dargohi
B) vazir devoni
S) hojibi buzruk
D) mustovfiy

78. Somoniylar boshqaruvi tizimida ma’muriy, siyosiy va xo‘jalik tartiboti qaysi mahkama nazorati ostida tutib turilardi?
A) vazir devoni
B) amir dargohi
S) hojib ul-hujob
D) sohibi shurat

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:37:26

79. Somoniylar boshqaruvida barcha devon boshliqlari kimga tobe edi?
A) vazir
B) amir
S) hojib ul-hujob
D) mustovfiy

80. Nasr II ning hukmronlik yillari nechanchi yillarga to‘g‘ri keladi?
A) 913-945 yillarga
B) 914-943 yillarga
C) 915-944 yillarga
D) 917-948 yillarga

Qayd etilgan