Umar (roziyallohu anhu) qassoblarga nisbatan ko'p ixtilof qilayotgan kishini ko'rganlarida, uni darra bilan urib: "Albatta, hamrda sovuqqonlik — yovuzlik bo'lgani kabi, go'shtda ham yovuzlik bor", dedilar.
Abu Umoma Boholiy rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh taolo semiz erdan, go'shtli uy ahlidan g'azablanadi", dedilar". Ba'zilar, bu erda go'shtni ko'p eydigan kishilarni nazarda tutganlar, deyishadi. Ba'zilar, insonlarni g'iybat qiladigan kishilarni nazarda tutganlar, deyishgan.
Abu Umar Shayboniy Ibn Mas'uddan rivoyat qiladi: "U zot bir kishining dirhamlari borligini ko'rib, unga: "Bu nima?" dedilar. U: "Ramazon oyiga go'sht sotib olmoqchiman", dedi. Ibn Ma'sud: "Uyingga bor, uni xotiningga ber va unga har kun bir dirhamga go'shtni harid qilishni buyur. Senga shu yaxshiroq usul", dedilar.
Hishom ibn Urva otasidan rivoyat qiladi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Go'shtni ajamlar kesganidek, pichoq bilan kesmanglar, balki uni tish bilan tishlanglar, chunki bu foydaliroq va mazaliroqdir", dedilar".