Assalomu alaykum!
Qayerdadir shunga o`xshash bir maqola o`qib qolgandim, adashmasam qaysi bir gazetada edi.... shu maqola menga qattiq ta`zir qilgan, o`xshamasa ham yozib berishga hrakat qilaman
Mana yurib-yurib kunni ham keh qildingiz. Endi uyga ketish kerak, soat ham 22-23 lar bo`lib qolibdi. Mana sizga tanish yo`llar, ko`chalar....... kechasi ular qanday chiroyli ko`rinadi-ya. Nihoyat darvozangiz yoniga keldingiz, uzoqdan chiroq ko`rindi, "uxlashmabdi", deb o`ylab, darvozani gursillatib taqqillatdingiz, ichkaridan "hozir" degan tanish ovoz eshitildi. Darvozani sharaqlab ochilgan qulfi, sizni beixtiyor cho`chitib yubordi. Ostonada esa sizning munis onangiz jilmaygancha turardi, "Men keldim" dedingizda, o`z xonangiz tomon yo`l oldingiz, tashqaridagi ayvonda esa otangiz, sizning padari buzrukvoringiz o`tiribdi..... Sekin uyga kirdingiz, negadir jimjitlik, "bolalar uxlab qolishibdi-da" deb o`ylab, asta ularning ustiga bordingiz, ustidagi ko`rpalarni yopib, yuzlaridan o`pib qo`ydingiz. Ayolingizning yoniga bordingiz, "ha, umr o`taverar ekan " degan xayol bilan asta ayvonga chiqdingiz, endi ota-onangiz yo`q, ular uyga uxlashga kirib ketishgan, axir siz keldingizku. Negadir tushkun kayfiyatga tushib qoldingiz, ichingizdan nimadir zil keta boshladi.....
.......Negadir uyqungiz kelmayapti, sigareta tutatdingiz, birin-ketin ko`z oldingizdan bu kun lavhalari o`ta boshladi, ishxonadagi qaynoq hayot, ko`chalardagi transportlar va hokazo... "men keldim emish" nafratlana boshladingiz o`zingizdan, men kelganimni ular ko`rib turishibdi axir!!! uning o`rniga hech bo`lmaganda "Assalomu alaykum" onajon, "Yaxshimisiz" otajon demaymanmi, asta onamning tizzalariga bosh qo`yib, erkalanmaymanmi, otajonimning oyoqlarini uqalab qo`ymanmanmi??? axir ular kechasi bilan sizning duongizni qilishadi..... Negadir sun`iylashib ketayapman degan xayol keldi miyangizga, hatto bir og`iz shirin gap aytishga ham......... Ayolingiz ko`z o`ngingizdan o`ta boshladi, "ha u ham qariyapti, unga ham qiyin" degan xayol o`tadi miyangizdan. Axir u ku sizning ikkinchi yarmingiz, yo`qni bor qiladigan, mushtipar ayolingiz, bolalaringizning onasi....... O`g`lim hali ham yotmadingimi? degan ovozdan cho`chib tushdingiz, endi onangizga mehringiz boshqacha.... Agar sizda ham shunday bo`lgan bo`lsa........ Bilingki, tun imtihoni
Faqat bu imtihonga nima majbur qiladi, vijdon azobimi, mehrmi, hali hanuz bila olmayman, siz nima deb o`ylaysiz?
?