"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 81-90
Futbol
81. Otabek: Argentinalik Ariel Orteganing muxlislar o'rtasidagi laqabi nima?
Javob: El Burrito. Kumushbibi 5 ball; Otabek 1 ball.
Din tarixi
82. AbdulAziz: Ma'lumki yahudiylardan juda ko'p payg'ambarlar chiqqan. Ular oxirgi payg'ambarning ham o'zlaridan chiqishini umid qilib yashardilar. Allohning taqdirida esa oxirgi payg'ambar arabdan chiqishi yozilgan edi. Savol: Arablardan chiqqan 5 payg'ambarni sanang.
Xint: Ulardan birining o'zi va tili ibroniy bo'lsa-da, keyinchalik u arablardan xotin olib, arabchani to'liq o'zlashtirgani uchun o'zi va avlodlari "musta'riba" (asli arab bo'lmay, arablikni qabul qilgan) bo'lgan.
Javob: Hud a.s., Solih a.s., Ismoil a.s., Shuayb a.s., Muhammad s.a.v. Maknuna 5 ball;
Islom
83. AbdulAziz: Arablarda insonni o'z nomi bilan emas, kunyasi bilan chaqirish odati bor. Masalan, Abu Abdulloh, Ibn Hakam, Ummu Gulsum va h. Mashhur sahobalardan Abu Hurayraning ma'nosi nima? Bunga qaysi voqea sabab bo'lgan?
Javob: Abu Hurayraning ma'nosi "Mushukchaning otasi" demakdir. Abu Hurayra mushuk boqardilar. Englariga mushukchalarini solib yurardilar. Shuning uchun ham Payg'ambarimiz s.a.v. ul zotni shunday ataganlar. Behzodbek 5 ball;
Adabiyot
84. AbdulAziz: Shekspir yozgan 5 ta tragediyani sanang.
Javob: "Hamlet" ("Gamlet"), "Othello" ("Otello"), "King Lear" ("Qirol Lir"), "Macbeth" ("Makbet"), "Timon of Athens" ("Afinalik Timon"). Webmonster 5 ball;
Tarix
85. AbdulAziz: Qaysi Angliya qirolichasi "Yevropaning momosi" ("Grandmother of Europe") nomi bilan mashhur bo'lgan va nima uchun?
Javob: Qirolicha Viktoriya. Uning bolalari va nevaralari boshqa Yevropa qirollari farzandlari bilan oila qurishgani uchun. Webmonster 5 ball;
Sport
86. AbdulAziz: 2004 yil, Afinada o'tkazilgan yozgi olimpiada o'yinlarida yurtimiz sportchilari nechta medal bilan taqdirlandilar (nechta oltin, kumush, bronza)?
Javob: 5 ta: 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumiy hisobda 34-o'rin. Manba: Xalqaro Olimpia Qo'mitasi (International Olympic Committee (IOC). Webmonster 5 ball;
Tarix
87. Feruza: Gavay orollari AQSH tomonidan olinishidan oldin uning qirolichasi kim bo'lgan?
Javob: Qiqolicha Liliuokalani. Kumushbibi 5 ball; Feruza 1 ball.
Futbol
88. Otabek: Mashhur italiyalik futbolchi Dino Badjoni butun dunyoda xushlashmaydi. Sababini bilasizmi?
Javob: Dino Badjo o'z singlisiga uylangan va shu tufayli uni butun dunyoda yoqtirishmaydi. Otabek 1 ball.
Futbol
89. Otabek: Gollandiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Edgar Davids asli qaysi davlatda tug'ilgan?
Javob: Surinam. Bekmirzo 5 ball; Otabek 1 ball.
Futbol
90. Otabek: Ispaniyada "Valensiya" nomli futbol klubi bor. Osiyoning qaysi davlatida aynan shu nomdagi futbol jamoasi bor?
Javob: Maldiv orollari. Bekmirzo 5 ball; Otabek 1 ball.