A.alaykum.
Sizga halol yo'l bilan birdan 50 ming dollar nasib qilsa bu pulni nima uchun sarf etgan bo'lardingiz?
Oldindan javob uchun rahmat.
Ruhsatingiz bilan ushbu savolga javob bersam:
Ho'shsh... (to'g'risi nima qila ekanman deb ancha o'ylanib qoldim, kutilmagan savol
) Agarki shuncha miqdordagi pul holol yo'l bilan meni qo'limga tushib qolsa, hamda ushbu summadagi pulni tasaruf qilish yolg'iz o'zimning qo'limda bo'lsa, shuningdek ushbu pulni o'z bilganimdaqa tasarruf qilishimdan hech kim malomat qilmasa.... unda:
bir ikki kishilar bor, davolanishga muhtoj, biri oldingi ish joyimdagi bir kishi, bo'ynida opohil (Avg'onda xizmat qilganligi natijasi) bor, o'zi kambag'al davolatisha olmayabdi, mablag'i yo'q, shu kishini davolatgan bo'lardim. Undan keyin yana bir kishi bor edi, ko'ziga kotarakta tushdi (shuning natijasida ezilib ketdi) davolata olishmadi, moddiy ta'minoti yo'q edi, afsus bu dunyoni tark edi (Alloh rahmatiga olsin) shu kishini xam davolatish niyatida edim (o'sha vaqtda bo'lganida, ushalmiydigan orzu bo'lsada)
Yana qidirib ko'rardim, moddiy imkoniyati yo'q ammo og'ir kasal bo'lgan kishilarni albata samimiy imymoni ochiqko'ngil bo'lgan kishilarni topib davolanishiga yordam berardim
Undan qolgan qismini esa, xar xar zamon o'ylab qolaman, deylik Xaftiyak yoki Qur'onning to'liq qismini yana nashr qildirtirib masjidlarda bepul tarqattirardim
Menimcha bundan keyin bu miqdordagi pul ortib qolmasa kerak...
Balki kimgadir balandparvoz tuyilar bu orzuim, ammo xar xolda shunday orzu qilib turaman. Balki shunday imkonim bo'lsa xamma orzularim esimdan chiqib shaytonning gapiga kirib ketarman (Aloh asrasin) lekin ayni damda shunday narsalarga pul sarflashni niyat qildim...