Taxallus (grekcha, yolg’on ism) — muallif o’zining haqiqiy ismi o’rnida qo’llaydigan imzo, ism.
Takshut — turkiylarda she’r, bayt, nazm, manzuma ma’nolarida qo’llanuvchi so’z.
Tasavvuf — diniy va dunyoviy ta’limot bo’lib, undagi asosiy shior bo’lgan "œMo’minning mo’minga zulmi haromdir" qabilidagi shirlar Qur’on oyatlariga asoslangan. Ilmda tasavvuf tarixidagi ikki bosqich, zohidlik va oriflik ajratiladi. Zohidlik davriga xos xususiyat Olloh yo’lida toat — ibodat qilish va farzdir. Ibrohim Adham, Hasan Basriy, Abdulloh Muborak shu oqim vakillaridandir. IX asr o’rtalaridan oriflik davri boshlanadi. Endilikda xonaqohlar vujudga kelib, unda nazariy-ilmiy jihatdan ham yuksalish davri kuzatiladi. Tasavvuf insonning ma’naviy kamolotga erishish yo’lidir. Bu yo’l to’rt qismga ajraladi:
1.Shariat (ma’naviy komillikning ilk bosqichi)
2.Tariqat ("œyo’l", tasavvufning amaliy qismi). U albatta ustoz (pir, murshid) bilan egallanadi.
3.Ma’rifat ("œbilmoq", bu bosqichga erishgan zohid dunyoning hamma jismida, har bir voqea — hodisada Olloh iroasini, uning sifatlarini ko’ra oladi. Ammo bu hali o’zlashtirishning aql bilan bog’langan bosqichi).
4.Haqiqat (tasavvufning eng yuqori — oliy bosqichi). Haqiqat yo’li "œSuluk", bu yo’lga kirgan inson "œSolik" ("œSolih") deb, birlik, Olloh bilan birlashish yo’li esa vahdat deb ataladi.
Tasavvuf oqimi o’z adabiyotni ham yuzaga keltirdiki, Muhammad G’azzoliy, Yusuf Hamadoniy singari allomalar uning nazariy asoslarini yaratdilar. Turkiy adabiyotda tasavvuf ta’limoti Yusuf Xos Hojibning "œQutadg’u bilig" asaridan boshlab ifodalana va rivojlana boshlagan. Ahmad Yugnakiy va Ahmad Yassaviylar ham tasavvuf adabiyotining zukko bilimdonlaridir.