Ruslar deganda, ruslar shunday ish qiladi demaganlar, ular ko'proq haq huquqlarini talab qilib, shunday kishilarga qarshilik qiladilar, degan ma'noda gapirganlar. O'zbeklar esa ko'p holatlarda jim turishadi. Buni hamma biladi.
Chunki o'zbek xalqi hamma holatda ham murosa qilgisi keladi.
Bir domlani ma'ruzalarida eshitgandim: "Bizni odamlar shunaqada, biror ma'siyatni, yomonlikni, nohaqlikni ko'rsa ham "Ke,
QO'Y ortiqcha gapirib nima qilaman?", "Ke
QO'Ygin, o'zimga dushman orttirmi..." deydi. Biz
QO'Y miz birodarla, shunaqa dib o'tirganimiz uchun!" digandila.
Agar hamma narsaga ko'z yumib, u baribir tushunmaydi, qabul qilmaydi dib ketaversak, o'sha tushunmaganlarga kim tushuntiradi? Ahir bizni birodarlik vazifamizku, birodarlarimizni haqdan adashmasliklari uchun ko'makdosh bo'lish, bu albatta ularning ham vazifasi bizga to'gri yo'lni ko'rsatish. Mo'min birodarla bir biriga ko'zgu, oyna diyilmagandur bejiz?
Hikoyat eshitgandim (domlani ismlari esimda yo'q, ma'ruzadan). Bir qishloqda ma'siyat juda avj olib ketibdi. Allah taolo O'z farishtasiga buyuruq berib shu qishloqni yo'q qilishini amr qilibdi. Farishta vazifani bajarish uchun yerga, qishloqqa tushsa bitta odam tinmay duo qilib, tasbeh aytar, Allahga har ishda taqvo qilar ekan. Farishta qayta osmonga ko'tarilib Allah taologa: "Bu qishloqda bir bandang bor ekan, o'ta taqvodor, dindor ekan, shunda ham buyrug'ingni ado etaveraymi?" deganida, Allah subhanahu va taolo "Birinch o'shandan boshlaysan!" degan ekan. Chunki u o'zini taqvosi bilan mashg'ul bo'lib, atrofidagilarga o'rgatmagan, nima ma'siyatu, nima mumkinligi haqida ularga aytmagan. Faqat o'zini ishi bilan mashg'ul bo'lib qolgani uchun.
Haqiqatda, muammolar ko'p, lekin ularga ko'z yumib ketish yaxshimas. Bittasiga aytganda tushunmasa, inshaAllah boshqasi tushunib qolishi mumkin, har qalay birodarlik vazifasini bajarib qo'yamiz. Allah barcha hayrli ishlada mo'min va mo'minalarga jasoratni ato qilsin!