***
Doktorning yoniga kelgan bemor debdi:
-doktor, uzog‘i bilan ikki hafta yashaysiz, degandingiz. Mana besh oy bo‘ldiki, haliyam tirikman!...
-Hi-m, demak noto‘g‘ri davolabmizda.
-oldingi ish joyingizdan nega ketgansiz?
-Sababi, charchash.
-Qanaqa charchash?
-Bilmadim, rahbarlar, sizdan charchadik, deyishgandi.
-Ayting-chi, siz jinoyatdan tashqari biror foydali ish ham qilganmisiz?-so‘radi sudya jinoyatchidan.
-Bo‘lmasam-chi, mening ketimdan bir emas, o‘nta detektivingiz ish bilan mashg‘ul bo‘lgan-ku, axir,- gerdayib javob berdi u.