Bahri bayt  ( 873431 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 ... 255 B


AbdurRohman  12 May 2007, 17:00:28

Taqdir yuki boshimga balolig' bo'ldi,
Har neniki ayladim hatolig' bo'ldi,
Oz yurtni qo'yib Hind sori yuzlandim,
Yo Rab netayin, bu ne yuz qarolig' bo'ldi.

Zahriddin Muhammad Bobur.

Qayd etilgan


topsync  12 May 2007, 18:25:10

Izladim zamonlardan,
So'radim daryolardan,
Topa olmadim lekin,
Seni jonginam...

Qayd etilgan


AbdurRohman  13 May 2007, 10:26:07

Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar,
Bu ishq sirrin bayot etsam, taqi ul xonumon o’rtar.

Kishiga ishq o’tidin zarraye yetsa, bo’lur giryon,
Bo’lub besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar.

Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.

Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
"œNigoro!" deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar.

Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar.

Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq,
Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar.

Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar.

Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan,
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar.

Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig’a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar.

Boborahim Mashrab.



Qayd etilgan


Mahzunabonu  14 May 2007, 13:02:46

Ruhimda yuqoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim,
Bizlarni bir yuqlab kelibsan,
Vafo qilurmisan bahorim.

Yoz utti,kuz utti,qish utti,
Boshlardan sinovli ish utti,
Yurakka izgirin nish utti,
Vafo qilurmisan bahorim.

Yam-yashil qirlarni sogindim,
Chechakzor yerlarni sogindim,
U inja sirlarni sogindim,
Vafo qilurmisan bahorim.

Qayd etilgan


topsync  14 May 2007, 17:25:02

Menga bir bor berilgan umrim,
Faqat senga atalgan edi.
Sening sevging bilan hayotim,
Bor edi yorug' edi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  14 May 2007, 19:46:04

Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.

Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a,
Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no'shxand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.

Kerak o'z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,
Buzug' ko'nglumdin o'zga yerga javloni samand etmas.

Ko'ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin o'zga bo'ynungg'a kamand etmas.

Ul oy o'tlug' yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko'z,
Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas.

Alisher Navoiy.



Qayd etilgan


AbdurRohman  14 May 2007, 19:48:29

Sensan sevarim, xohi inon, xohi inonma,
Qondur jigarim, xohi inon, xohi inonma.

G’am shomi firoqingda kabob etti falakni
Ohi saharim, xohi inon, xohi inonma.

Nogah sari zulfung sori bo’ldum sanga moyil,
Ey toji sarim, xohi inon, xohi inonma.

La’ling g’amidin ko’nglum erur g’uncha kibi qon,
Gulbargi tarim, xohi inon, xohi inonma.

Zahri g’ami hajring meni o’ldurg’ali yetti,
Ey labshakarim, xohi inon, xohi inonma.

Mashrab, bo’lubon ko’yinga chun barqi tajalli,
Qolmay asarim, xohi inon, xohi inonma.

Boborahim Mashrab (Lutfiy g'azaliga tazmin.)


Qayd etilgan


Mahzunabonu  14 May 2007, 20:28:46

Muhabbatning saroyi keng ekan,yulni yuqotdim-ku,
Asrlik tosh yanglig bu hatarli yulda qotdim-ku.

Karashma dengizin kurdim,na nozlik tulqini bordir,
Halokat bulgusin bilmay,qulochni katta otdim-ku.

Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi,ayo dustlar,
Bu dunyo deb u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku.

Uning gulzorida bulbul uqib qon ayladi bagrim,
Kuzimdan yoshni jo aylab,alamlar ichra botdim-ku.

Qlandardek yurib dunyoni kezdim topmayin yorni,
Yana kulbamga qaygular,almlar birla qaytdim-ku.

Muhabbat osmonida guzal Chulpon edim,dustlar,
Quyoshning nuriga toqat qilolmay,yerga botdim-ku.

Qayd etilgan


AbdurRohman  15 May 2007, 11:37:13

Ulki menga yori dilnavoz ko’rundi,
Javrin ko’rsatti ko’pu oz ko’rundi.

Bo’ldi boshim past poybo’sida oxir,
Garchi burun asru sarafroz ko’rundi.

Sening uchun ulki boshin o’ynamadi hech,
Senga ajoyibki ishqboz ko’rundi.

Ishq borinda salohu tavbayu taqvo
Barchasi tahqiq bil majoz ko’rundi.

Dushmano jon o’ldi, ne qilay, sanga, Bobur,
Ulki menga yori dilnavoz ko’rundi.

Zahriddin Mummad Bobur.



Qayd etilgan


AbdurRohman  15 May 2007, 13:05:04

Ishq dardini talab qildim darmoni yo'q,
Ishq yo'lida jon berganni armoni yo'q,
Bu yo'llarda jon bermasang imkoni yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Qaydin topay ishqing tushdi qarorim yo'q,
Ishq sadosin tunu kunu qo'yorim yo'q,
Dargohingdan o'zga yerga bororim yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Ishq bozori ulug' bozor, savdo harom,
Oshiqlarga sendin o'zga g'avg'o harom,
Ishq yo'lig'a kirganlarga dunyo harom,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Oshiqlikni davo qilib yurolmadim,
Nafsdin kechib Haq amrini bilolmadim,
Nodonlikda Haq amrini bilolmadim,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Xoja Ahmad Yassaviy.


Qayd etilgan