Bilmadim boshqalar qanaqa, men telefonda ko'p gaplasholmayman. Kim bilan bo'lishidan qati'y nazar. Uydan qilishsa ham 1-2 minut gaplashishim mumkin. Hol-ahvol so'rab, tinchligini bilgach, yana nima haqida gaplashish mumkin? To'g'ri, kerakli,zarur ish bo'lsa mumkindir ishni hal qilmoq uchun. Lekin bekorchilik qilib, zerikib telefonda gaplashish ahmoqlik g'irt!
Kechagi postimda ham yozgandim. Bugun ham ayta olaman.
Telefondan hozir ko'pchilik har hil ma'noda foydalanyapti. Zinoni tarqatyapti kimdir, zino qilyapti kimdir, kimnidir asabiga tegyapti, kimnidir qayg'uli kunini tarqatish bilan ovora syomka qilib,..va hokazo.
Ayniqsa, kechalari yigit va qiz sms yozishsa,(nomahram) ishqiy she'rlar yozishadi,ichidagi "dard"ini aytadi. Eng ahmoqonaligi bu ishni, ushbu nomahramlarning bir-biriga yozgan sevgi satrlarida "Alloh sizni menga uchratdi","Sizsiz yashash menga kerakmas" va shu kabilarning ham uchrashi. Hayoliy zinoga Allohni qo'shish nima digani?
Mana Islomning ustidan kulish! Mana shu narsa kulish menimcha. Ey, ota-onalar va bo'lajak ota-onalar! Befarq bo'lmanglar! Bola telefonni nima maqsadda ishlatyapti, kontrol qilish kerak! Qattiq kontrol qilish kerak. Bola gul! Shamol har tomonga esganda har tomonga egiladi. Parvarish qilaylik, bo'lmag'ur "yelvizak"lardan ehtiyot qilaylik farzandlarimizni! Atrofida kimlar yuribdi, o'rtoqlari kimlar, nazorat,nazorat va yana nazorat qilish kerak! Shundagina bola- biz o'ylagan, Allohdan umid qilgan ODAM bo'ladi. Lekin eng avvalosi o'zimiz ham to'g'ri bo'lishimiz kerak. Bola bizdan o'rnak oladi. Onasidan oladi...
Juda o'tlab ketgan bo'lsam uzr so'rayman. Aytadiku, "Fikr quyilib kelganda, ma'no chetga chiqib turadi" deb.
"Telefonshunoslar", ko'nglingizga olmang, baribir O'zi insof bermasa, bular befoyda!
To'g'rimi?