Yashang oshna! Huddi meni ham o'ylantiradigan savol. Rostdan ham hozir qaysi "arabsevar"ni nikiga qarasez payg'ambarlar (alayhimussalom), sahobalar (r.anhum) tobeinlar, salafi solihlar, ummahatul mu'mininlar ismlari, yoki Allohga qullikni izhor etuvchi ismalr. Mn: Abdulaziz, Abdulloh, Abdurrohman vhk. O'zimizni sof o'zbekcha ismlardan juda kamchilik foydalanadi. Mana masalan, Toshtemir de, Ergashvoy de, Tursunboy de, Teshavoy de, Qo'zivoy de. Yoki Gulbadan de, Oqbilak de. A nima dediz?
Men ham bir savol so'rasam: Nikiz manosi Hamza ismini manosi bilan birmi? Adashmasam Hamza ham o'zbekcha emasov
Millatchilarni o'lgudek jinim suymaydida
Assalomu alaykum... Kechirasizlar-ku, unaqa Boltaboy, Teshavoy degan ismlar, aslida kelib chiqishi bilimsiz, omi, avom odamlarning qarashlaridan kelib chiqqan... (shunday ismdagi foydalanuvchilar bo'lsa, uzr so'rayman) ... Farzandga chiroyli ism berish Otaning farzand oldidagi ikkinci katta qarzi hisoblanadi...Modomiki shunday ekan, har birimiz o'z farzandlarimizga ma'noli, chiroyli ism berishga harakat qilamiz... Lekin yuqoridagi xabar egasi - birodarimizning "haqiqiy o'zbekcha ism" degan so'zlariga uncha qo'shilmayman... Zero, "o'zbek tili"ning o'zi yaqin 100 yil ichida chiqqan tushuncha...
Ismning kelajakda, inson voiyaga yetgandan keyingi ruxiyatga ta'siri haqida ilmiy tajribalar ham qilingan... Ya'ni, ma'nosiz sayoz, xunuk ismlar sohiblari voyaga yetgach ma'nan o'zlarini tengdoshlari oldida judayam noqulay xis qilar ekanlar va bu ularning faoliyatlariga ham salbiy ta'sirini ko'rsatar ekan...
Gap arabcha yoki forscha ism qo'yilishida emas... Gap chiroyli, mazmunli ism qo'yilishda... Aslini olganda, O'zbek tilimizning asosini ham turk, fors va arab tillari tashkil etadi... Shunga ham e'tiborni qaratsangizlar, foydadan hli bo'lmas edi...
P.S. Siz o'z farzandingizga Boltavoy, Teshavoy, Oyposhsha yo Oqbilak deb ism qo'ygan bo'larmidingiz? Ism qo'yishdan oldin o'sha ismning lug'aviy ma'nosini tekshirmasdan, xayolingizga kelgan birinchi ismni qo'yishni qanchalik to'gri ish deb bilasiz?...
OFF top uchun blog egasidan uzr so'rayman