Bahri bayt  ( 873579 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 150 151 152 153 154 155 156 157 158 159 160 ... 255 B


shoir  23 Aprel 2008, 10:41:03

Raufdan yigirib olingan
Lojuvard nurlarning kalavasi oy.
Xoy, sovuqdan tovoni yorilgan Rauf,
Bankrotga uchragan merosxo‘r kunda,
Kundamas, kundada Quyoshning o‘tkir,
Olmos nuri ila kesilgan oyna.
Yo‘llaringda bahor jarchisi bo‘lib,
Erib yotgan mahal ko‘lmaklar,
Eshkaksiz qayiqda yolg‘iz bir o‘zing,
Sevinch ko‘z yoshlaring kafanga artib,
Begona tunlarga ko‘chib ketibsan.
Shig‘alab yog‘armi endi yomg‘irlar?

Xoldor Vulqon
http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2376&Itemid=217

Qayd etilgan


Intizor  24 Aprel 2008, 18:17:11

Ro’zi Mahshar orazin kor’ishlik asli muddaom
Shul sababdan yod eturman, qo’limdan qo’ymay kalom,
Foniy dunyo o’tkinchidir, etmag’ay ming yil davom
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo'ldum sanga.

Qayd etilgan


shoir  25 Aprel 2008, 15:20:43

Azim dunyo, sehrli dunyo,
Halim dunyo, mehrli dunyo,
Zolim dunyo, qahrli dunyo,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

Kenglarga keng, torlarga torsan,
Yo`qsilga yo`q, borlarga borsan,
Bog`larda gul, tog`larda qorsan,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

Abdukarim Jumaboyev

Qayd etilgan


AL_laziz87  25 Aprel 2008, 19:05:07


Do'stimga

NIMA DESANG MAYLI ESHITAY
LEKIN IZHOR ETMA MUHABBAT,
MAYLI SENI DO'STIM DEB ATAY,
SEVIB QOLDIM DEMAGIN FAQAT

Qayd etilgan


Irodaxon  27 Aprel 2008, 12:01:37

Tinmasdan g‘iybatga ruj’u qo‘yganda,
Birov indamabdi, tinch bo‘lgin deya.
Mish-mishlar ustuni to‘ldirilganda
Shaytonlar tuslamish turli qofiya.

Biz payqay olmadik Allohning iznin,
O’lish farishtasi kelgach, bo‘ldi kech.
Ozgina iymondan taxsil olgandik,
Bugun o‘shal kunlar biz uchun sog‘inch.

Yodimda, qur’ondan bir harf o‘qib,
O’zimni baxtiyor bilgandim tengsiz.
Qaniydi o‘shal kun aylansa tinmay,
Aylansa, aylansa, aylansa so‘ngsiz.

Qur’on o‘qib tinmay, yig‘layversam-u,
Ko‘zimning yoshiga cho‘milsa dunyo.
Umrimning alamli yillari kelib,
Joy topolmay ketsa go‘yoki ro‘yo.

Qaniydi, dunyoda faqat ibodat
Va faqat toatga belim bog‘lasam,
Islom deb boshimni kundaga qo‘yib,
Iymon deb qalbimni o‘tda dog‘lasam.


Qayd etilgan


Irodaxon  27 Aprel 2008, 12:08:03

Mangu qolsa deyman, qalblarda do'stlik,
Do'slik ulug' ne'mat, qadrini topsin!
Do'stlar davrasida biz unib o'sdik,
Ilohim do'stlarim omadi chopsin!
Saflari kengaysin, topmasin zavol,
Samimiy bo'laylik, bo'laylik halol,
Avlodlar biz kabi unib-ulg'ayib,
Do'st bo'lib, albatta, topg'usi kamol!

Qayd etilgan


shoir  28 Aprel 2008, 14:54:45

Lahza-lahza chiqtimu chekdim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘au ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.

Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro‘zg‘orimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.

Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.

Ko‘zlaringdin necha su kelgay, deb o‘lturmang meni
Kim, bori qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi.

Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Fatima  13 May 2008, 14:16:09

Ixtiyor ettim ul oyni ikki dunyodin, vale
Netayin soldi falak o'z ixtiyorimdin yiroq.

Sa'y etar zohid meni jannatning eski bog'ina,
Men borurmenmu yuzungdek navbahorimdin yiroq.

Menda ham sabru qaroru aqlu hushe bor edi,
Ne baloliq ishq edikim,soldi yorimdin yiroq.

Gar falak o'ltursa yuz qatla meni,hech bok emas,
Bu o'lumdurkim,o'ladurmen nigorimdin yiroq.

Ketmagay o'lsam Atoiydek bo'yung sarvi uchun,
To qiyomat sayayi rahmat mozorimdin yiroq.

Atoyi

Qayd etilgan


Fatima  13 May 2008, 14:34:42

Qilg'il tomosho qomati, zebosi birlan orazin,
Gar ko'rmasang gul bo'lg'onin payvand shamshod ustina.

Nozu ado-yu g'amzasi qasdim qilurlar dam-badam,
Vah, muncha ofatmu bo'lur bir odamizod ustina.

Man xastag'a jon asramoq emdi erur dushvorkim,
Qotil ko'zi bedod etar har lahza bedod ustina.

Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko'ngul shomu sahar,
Bulbuldek aylar yuz navo ming nav'i faryod ustina.

Boshimg'a yog'g'on g'am toshi mingdin biricha bo'lmag'ay,
Gardun agar ming besutun yog'dursa Farhod ustina.

Ey shah, karam aylar chog'i teng tut yamonu yaxshini -
Kim,mehr nuri teng tushar vayronu obod ustina.

Xoki taning barbod o'lur oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina.

Ne jur'at ila Ogahiy ochg'ay og'iz so'z dergakim,
Yuz xayli g'am qilmish hujum ul zor noshod ustina.

Muhammad Rizo Ogahiy

Qayd etilgan


Fatima  13 May 2008, 15:05:00

ESHIT ARZIMNI, EY DILBAR

Azaldan to abad ko’nglum qutulmas ishq balosidin,
Yurokim rahnalar bo’ldi, bu ishqning mojarosidin.

Xayolimda sening vasling, topolmasman, meni hayron,
Magar vaslingga yetsam piri komilning duosidin.

Eshit arzimni, ey dilbar, yurak-bag’rim kabob o’ldi,
Raqiblar shodmon bo’ldi nigorimning jafosidin.

Sanam, sensiz bu dunyoda tiriklik qilmog’im mushkul,
Kel, ey ko’ngul, kecholi bu tiriklikning baqosidin.

Sanam, ishqing o’ti oxir meni bexonumon etti,
Kuyarman dam-badam tinmay bu dardi bedavosidin.

Xarob o’ldi mening ko’nglum, kishim yo’qturki, roz aytsam,
So’ngoklar raxnalar bo’ldi dilimning ohi bosidin.

Seni ishqing bila yig’lab, agar mahsharda oh ursam,
Kuyarlar mo’minu kofir bu Mashrabning navosidin.

Boborahim Mashrab

Qayd etilgan