abdulaziz:
ssalomu alaykum!
Man ham sizning fikrlaringizga qo`shilaman.
Manam birinchi o`qiganimda aynan siz e'tibor qilgan jihatlarni sezgandim.
Lekin bu asar mardlik bilan yozilgan. Chunki o`sha davrdayoq jamiyatimiz va sovet tuzumining qing`irliklari haqqoniy tarzda yoritilgan.
Otabek o`z suhbatlaridan birida Shamayga borganini hikoya qilib beradi va "Shamayning idora uslubi biznikidan anchayin farq qiladi" deya o`z e'tirozlarini birin ketin bayon qiladi. O`sha davrdagi ilmsizlik, ma'rifatdan yiroqlik, ilm egalari, davlat egalarining zalolat botqog`iga botganliklari hammasi ustalik bilan bayon qilingan.
"Otkan kunlar"dagi umidsizlikni Abdulla Qodiriy Otabekning tilidan gapiradilar: "DARHAQIQAT, MOZORISTONDA HAYYA ALAL FALAH (najotga kelinglar!!!) NIDOSINI KIM HAM ESHITARDI!"
Assalomu alaykum, mening xayolimga kelmagan narsalarni tushunibsiz.va alaykum assalom!
Mening maqsadim hech ham Otabekni gunoh qildi, xato qildi, deyish emas, shunchaki muhabbatning kuchini ko'rsatish edi, xolos.
Tadqiqotchilar orasida Otabek va Kumush muhabbatiga ilohiylik ramzini beruvchilar ham bor.
Alisher Navoiyning bir asarida Shayx Zunnor hikoyatini eshitgan bo'lsangiz kerak. Bir ulug' shayx nasoro qiziga oshiq bo'lib, zunnor taqishgacha borib yetadi. Zohiran, u kufr sodir etdi. Lekin uning bu muhabbati alal-oqibat haqiqiy ishqni tanish darajasiga yetkazdi. Shu bois muallif Shayxni bu holatda qoralamagan.Navoiyning Shayx San'oni bilan Qodiriyning Otabegini o'rtasida yer bilan osmoncha farq bor. San'onning sevgisi g'irt shaytoniy edi...
A.Qodiriy ham Otabekni bu ishi uchun hech ham yomon ko'rsatgisi kelmagan...
Muhabbat shunday narsaki, u insonni telba qiladi, hushini oladi, natijada chet olamdan uziladi, nimalar qilayotganini, nimalar deyayotganini anglolmay qoladi.Bu muhabbat bilan ham Otabekning muhabbatini farqi bor. ozgina o'ylabroq fikr qiling.
Mansur Halloj hayoti ham, boshqa ko'plab tasavvufdagi jazba holatiga tushgan so'filar holati ham buning misolidir. Ulamolar, bu holatda hukm zohiriga qarab chiqariladi, demak, Halloj Anal Haq (Men Haqman) dedimi, shariatga ko'ra, murtad bo'ldi, qatl qilinishi lozim, botinini, uning asl iymonini Alloh biladi, deyishgan.mansuri Hallojning esa "Otkan kunlar"ga umuman bog'liqlik joyi yo'q.
maknuna:
Albatta Zaynabning ham ayol sifatida sevishga, qadr-qimmat topishga haqqi bor edi. Lekin, uning bitta katta aybi bor edi. Buni muallif ham ustalik bilan ta'riflagan. Unga biron taklif berilsa, masalan, to'yga borasanmi deyilsa, indamas, ota-onalari to'yga borib-kelishgandan keyin esa, nega meni olib ketmadinglar deya zorlanardi. Bu holatidan muallif uni "pismiq" deya ataydi.
maknuna:
Assalomu alaykum!
javoblar uchun tashakkur. yana bir savolim bor edi:
- Nima uchun "O'tkan kunlar"dagi, shuningdek "Mehrobdan chayon"da ham, ko'p voqealar qish vaqtida soodir bo'lgan?
Masalan eng kulminatsion syujetlar: Kumushbibining o'limi, Otabekning Marg'ilonga birinchi kelishi, ularnig topishishi, to'ylari qish paytda bo'ladi. "Mehrobdan chayon"da ham Anvar bilan Ra'noning qochishlari va shu bilan bog'liq kulminatsiya ham qish paytida sodir bo'lgan.
Yoki muallif shu faslni sevarmikinlar?
qaysar:
Assalomu alaykum!
Ushbu asarni O'zbek adabiyotidagi eng zo'r asar desak arziydi.
Undagi barcha voqealar meni ta'sirlantirgan. Ayniqsa, Usta Alim sevgisi fojeasi, unikiga o'xshash Kumushning o'limi...
Bechora Usta Alimning ha, Otabekning ham sevgilari sarob bilan tugadi...
mohinur:
assalomu alaykum!
Birinchi o'zbek romani - "o'tkan kunlar" kitob bo'lib chiqqanda kishilar uchun juda qiziqarli bo'lgan bo'lsa kerak. Shu haqda ham ma'lumotlar bormi?
"Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolg'iz o'z manfaati shaxsiyasi yo'lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog'idan yo'qolmay turib, bizning odam bo'lishimizga aqlim yetmay qoldi.Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirg'an bo'lsaq yaqindirki, o'rus istibdodi o'zining iflos oyog'i bilan Turkistonimizni bulg'atar va biz bo'lsaq o'z qo'limiz bilan kelgusi naslimizning bo'ynig'a o'rus bo'yindirig'ini kiydirgan bo'larmiz..."
O’z naslini o’z qo’li bilan kofir qo’liga tutqin qilib topsirguchi — biz ko’r va aqlsiz otalarg’a xudoning la’nati albatta tushar, o’g’lim! Bobolarning muqaddas gavdasi madfun Turkistonimizni to’ng’uzxona qilishg’a hozirlang’an biz itlar yaratguchining qahriga albatta yo’liqarmiz! Temur Ko’ragon kabi dohiylarning, Mirzo Bobur kabi fotihlarning, Farobiy, Ulug’bek va Ali Sino kabi olimlarning o’sib-ungan va nash’u namo qilg’anlari bir o’lkani halokat chuqurig’a qarab sudrag’uchi albatta tangrining qahrig’a sazovardir, o’g’lim! Gunohsiz bechoralarni bo’g’izlab, bolalar yatimxonalarini vayron qilg’uchi zolimlar-qurtlar va kushlar, yerdan o’sib chiqg’an giyohlar qarg’ishig’a nishonadir, o’g’lim!...
Abdulla Qodiriy , O’tkan Kunlar, Asr Oshgan Asarlar, "œSharq" Nashriyot-Matbaa Aksiyodorlik Kompaniyasi Bosh Tahririyati Toshkent, 2004, s.296
Men shu asar haqida gap ketganda Zaynabni qoralawlariga qarwiman. Ayol bo'lib sevilmagan, yori bo'la turib beva edi. Kumuwni u bir marta zaharladi, lekin o'zi har kuni mehr o'rniga beetiborlik zahrini yutib yawadi. Ayolga bundan ortiq jazo yo'q. Zaynab rolini o'ynagan aktrisani bir gapi hech esimdan chiqmaydi "Film senariysi o'z qo'limda bo'lganida Ikki ayolini teng ko'rmagan Otabekni zaharlab, Kumuw bn opa singildek bo'lardim" degandi. Haqiqatda bu yerda asosiy ayb Otabekda wariat barcha ayollariga teng muomala qiliwni buyurgan. Sevmagan taqdirida ham ozgina mehr ko'rsatganda Zaynab bu iwlarga qo'l urmasdi.
Otabek qo'wig'i we'ri Muhammad Yusufning qaysi to'plamida berilgan ilgari hech o'qimagan ekanman.Bilmadim, bu she'rlarni internetdan ko'chirildi.