Assalomu alaykum va rahmatulloh!
Ko'z nurini qaytarish
"Negadir ko'zlarim xiralashganday bo'lib qoldi. Ikki metr naridagi buyumlarni ham xira ko'ragidan bo'ldim. Bu holatdan ancha siqilib turgan paytimda dugonam kelib qoldi. U ham xuddi shunday muammoga duch kelgan ekan.
- Siqilma, men senga bir mashqning jadvalini beraman. Ko'zlaring oldingiday ravshan bo'ladi. Buni zamonaviy tibbiyot ham qo'llaydi, - dedi.
Men uning uning jadvaliga amal qildim. Bir oyda o'zgarishni sezdim. Sizlarga ham ushbu mashqlarni tavsiya etaman:
1. Ko'zlarni gorizantal (o'ngga-chapga) harakatlantiring.
2. Ko'z olmalarini vertikal (tepaga-pastga) harakatlantiring.
3. Aylanma harakatlar: soat millari yo'nalishi bo'yicha va teskari yo'nalishda.
4. Ko'zlarni tez-tez jadal sur'atda yumib-oching. Mahkam yumib, katta qilib oching.
5. Ko'zlarni dioganal bo'ylab harakatlantiring: qorachiqlarni chap pastki burchakka og'dirib, keyin nigohlarni o'gn tomon tepaga yo'naltiring.
6. Ko'zlarni burun tomonga yo'naltiring. Buning uchun qansharga barmog'ingizni qo'yib, unga qarang.
7. Kipriklaringizni tez-tez pirpirating.
8. Deraza yoniga borib, yaqindagi yahshi ko'rinib turgan buyumga (masalan, deraza ortida o'sgan daraxt shoxiga yoki oyna yorig'iga) qarang. Oynaga kichkina qog'oz yopishtirib qo'yib qarash ham mumkin. Keyin nigohingizni uzoqqa (derazadan tahqariga) yo'naltiring, maksimal darajadagi uzoqlikdagi buyumlarni ko'rishga harakat qiling"
Har bir mashqni kamida 6 marta takrorlang.
Ch. Shomirzayeva, Toshkent. "Darakchi".