Assalomu alekum! mo'min-mo'mina, muslim va muslima forumdoshlarim!
Mani qiziqtirgan bitta savol boriydi, iltimos xammalaring o'z fikrlaringni bildirseyla......Mana xozirgi kunda banklarda kreditga pul beriladiku. Mana shunqa bankda kredit bo'limida ishlidigan bitta tanishim mandan so'rab qoldi, mana bizda kreditga pul berib keyin foizini olamiz. MAn shu joyda ishlayapman, bu manga gunoxmasmi deb so'radi? Xo'sh, bunga nima diysilar?
Bu gunoh emas (imho), chunki banklarning vazifasi sudxo'rlik bilan shug'ullanish emas. Banklar bu davlat iqtisodiy mexanizmining bir bo'lagi, hatto ma'lum ma'noda richaglardan biri.
Kreditdan olinayotgan foizlar omonatga beriladigan foizlar uchun ham to'lanadi. To'g'ri, bunda foyda qolishi tabiiy. Lekin bankning asosiy faoliyati pullar likvidligini ta'minlash va ularni iloji boricha ko'proq muomalada yuritish. Bundan tashqari ular jahon moliya bozorida ham ishtirok etadi.
Xullas, bank - davlat iqtisodiyotining muhim instituti ekanligi va uning vazifasi sudxo'rlik qilib, kun kechirish emasligini hisobga olsak, bu gunoh emas (re imho).
Hmm biroz o'ylab gapirilsa yahshiroqmi nima dedinglar a ahli ilmlar Fatvo masalalarida ayniqsa
Assalamu alaykum!
Menimcha birodarimizni bekorga ranjitib qo'ymoqdamiz.
Birodarimiz gaplarining boshida va oxirida
imho deb bu fikrning o'zlarining mulohazalari ekanligini e'tirof etmoqdalar. Demak, bu birodarimizning mulohazasi. Uni fatvo deb ayta olmaymiz. Zero, Usmon birodar o'zlari ham buni ta'kidlab o'tdilar. Shunday ekan, gumoni zann ga bormasdan, bir fikr o'laroq qabul qilib qo'yaveraylik. Shunda menimcha hech kim hafa bo'lmaydi.
Endi savolga javob. Bu haqda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdan so'rashgan:
Assalomu alaykum. Hazrat man bank mutaxassisligi bo'yicha o'qishni tugatdim. aytingchi banklar foiz hisobida daromad qiladi, men bankda ishlashim mumkinmi?Шайх Мухаммад Содик: Уламоларимиз фойизга бевосита боглик бслмаган иш бслса, ишлаш жоиз деганлар.
ManbaYana shayxdan kredit haqida so'raganlarida agar foiz bank xizmati uchun olingan bo'lsa joiz, agar ribo maqsadida bo'lsa, harom deganlar.