Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1266673 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 ... 270 B


Muhyiddin  09 Iyul 2009, 10:39:49

Assalamu alaykum!
 
Ikkisi ham: niqob ham, hijob ham o'z o'rnida - yashayotgan muhiti, jamiyati va sharoiti va h.k. lariga ko'ra shar'iy jihatdan durust hisoblanadi. Bu borada, menimcha, sirayam baxsga hojat yoq, deb o’ylayman, birodarlar"¦ :)

Qayd etilgan


Muhyiddin  09 Iyul 2009, 10:48:14

Yana bir bor assalamu alaykum!

Javoblaringiz uchun tashakkur!

Savol ko’rinishidan engil, lekin qaysidir ma’noda hayotiy va buning o’ziga yarasha sabablari bor edi"¦ Siz, shuncha muhum mavzular turganda, qalaydan, usmus bunaqa g’alati savollarni berib qoldi, deb hayron bo’lgan bo’lsangiz ajab emas, lekin men o’zimga kerakli narsani oldim"¦ Andishali, hayo va iboni unutmagan yigit-qizlar hali ham ko’pligidan hursandman... Sizdaylar ko’paysin, ilohim. Barchangizga yana bir bor tashakkur!

Sarf etgan vaqtingizga rozi bo’ling... :)

Assalamu alaykum varahmatullohi vabarakatuh!

Qayd etilgan


Munavvara  09 Iyul 2009, 11:07:16

Assalmu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Birodarlar niqob masalasiga chek qo'yilsa yaxshi bo'lardi :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Iyul 2009, 18:31:00

Chustiy, Ziyovuddinga savoil:

Oxirgi marta qachon onangizga "Sizni yaxshi ko'raman, onajon!" deb aytdingiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Iyul 2009, 18:32:25

uzmus, Musannif Adham, ChehMikga savol:

Kun qizigan, quyosh tig'i ostida soya joy izlab ketayapsiz. Shu payt bir haydovchi mashinasidagi nosozlik tufayli uni itarib yuborishingizni iltimos qildi. Siz rozi bo'lib, asta itara boshladingiz. Haydovchi esa, sizga yordam berish o'rniga o'zi rulga o'tirib oldi. Oftob tig'ida allaqayergacha mashinani itarib bordingiz, rosa qizib, terlab ketdingiz. Haydovchi esa mashinasi o't olishi bilan, orqasigayam qaramay, sizga rahmatni-da nasiya etib, jo'navordi.

Bu holatingizdan achinasizmi? Bu holatga qanday baho berasiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Iyul 2009, 18:32:43

Robiya, mutaallimah, Muzayyana, Afruza, Kumush... javob berishni istagan yuserkalargaga savol:

Tasavvur qiling, tusmushga chiqdingiz. Xo'jayingiz o'ziga to'q odam. Bolalarni bog'chadan olib kelish va boshqa yumushlarda foydalansang, mashhina olib beraman, desa rozi bo'larmidingiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Iyul 2009, 18:33:14

Abdul_Malik va "Kurtlar vadisi" muxlislariga savol:

"Kurtlar vadisi" serialidagi qaysi qahramonning qaysi qilig'i sizga ma'qul tushgan? Nima uchun?

Qayd etilgan


Ziyovuddin  14 Iyul 2009, 18:52:33

Chustiy, Ziyovuddinga savoil:

Oxirgi marta qachon onangizga "Sizni yaxshi ko'raman, onajon!" deb aytdingiz?
:as:
Savol uchun tashakkur.
Forumdoshlarimni aldash niyatim yo'q. Shu paytgacha iloji boricha onajonimni ko'ngillarini olishga harakat qilaman. Aytgan narsalarini iloji boricha o'z vaqtida bajaraman. Lekin shu paytgacha "sizni yaxshi ko'raman" deb aytganimni aniq eslolmayman.
Bu savol esa ko'zimni ochdi desam ham bo'laveradi.
Men bo'lamasa uyga tezroq boraqolay.
Sizdan minatdorman AbdulAzizaka!!!

Qayd etilgan


Abdulloh ibn JALOL  14 Iyul 2009, 20:11:52

Abdulloh ibn JALOLga: Mana sizning o'zingiz forumga yengi a'zo bo'libsiz. Agar e'tibor berib postlarni o'qigan bo'lsangiz, qaysi yuser yoki yuserkalarimizning fikrlari hurmatga sazovar deb bilasiz? 

Assalamu alaykum. Savol uchun tashakkur.

To'g'risi forum men o'ylagandan ham juda yaxshi va ajoyib, ibratli ekan. Har bir userni fikrlari ma'noli. Ayniqsa:

Munira opa
Chustiy
Muslima
AbdulAziz
Muhseena
Abdulloh
Akbar
YURIST...


va yana ko'plab userlarni fikrlari aniq va o'rnak olarli. Forumga azo bo'lganimdan juda xursandman. InshaAlloh men ham sizlar bilan do'stlashib ketaman degan umiddaman.

Qayd etilgan


Abdulloh ibn JALOL  14 Iyul 2009, 20:16:35

AbdulAzizga:

Kurtlar vodiysi kabi kinolarni ko'rish insonga yaxshi deb o'ylaysizmi? Bunday kinolarni ko'rish har bir insonning vaqtini olib qo'ymaydimi? Bunday kinolarni ko'rgandan ko'ra kitob o'qishmi yoki Qur'on o'rganish bilanmi shug'ullangan yaxshi emasmi? Bu haqda fikringiz.

Qayd etilgan