Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1266650 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 ... 270 B


Hadija  28 Avgust 2009, 12:41:14

Hadijaga savol:

Sizga judayam ta'sir qilgan, Ramazon oyida bo'lib o'tgan voqea?

 :as:
Savol uchun tashakkur...
Ramazon oyida juda ko'plab yodda qolarli voqealar bo'lgan, ammo hamish qo'msab, eslab o'ylab turadiganim bu oila davrasida katta dasturhon boshida huddi bayramdeb saharlik va iftorlik vaqtini hursandchilik bilan kutish...

Qayd etilgan


Mahdiyah  29 Avgust 2009, 07:22:22

Foniy, mutaallimah ga:

Man har doim Foniy nikini ko’rsam Ar-Rohman surasining 26-27 oyatlari

كُلُّ مَنْ عَلَيْهَا فَانٍ
وَيَبْقَى وَجْهُ رَبِّكَ ذُو الْجَلَالِ وَالْإِكْرَامِ  


ya’ni "œ(Yer) yuzidagi barcha jonzot FONIYdir. Buyuklik va karam sohibi bo‘lgan Parvardigoringizning yuzi — O’zigina boqiy mangu qolur." esimga tushaveradi.

Mastura ismini eshitsam "œhijob" oyatlari va hijob hayolimga kelaveradi.

Savol: Sizningcha insonning ismi DA’VAT bo’la oladimi? Siz uchun qaysi ism DA’VAT?

Qayd etilgan


Mahdiyah  29 Avgust 2009, 07:25:25

ChehMik, ЖАМШИДЖОА, IXLOS, Iqboljohn, Y_U_R_I_S_T, Akbar, Bayern M, Shoxjahon12 ga:

Savol: Tasavvur qiling siz rejissyorsiz. Qaysi mavzudagi va nima bilan bog’liq kinofilm olgan bo’lardingiz?

Qayd etilgan


Mahdiyah  29 Avgust 2009, 07:26:17

Munira xonim, Kapalak, imlaah, Abdulaziz, Muhammad sohib, Abdulhafiz, Ziyovuddin ga:

Har gal sahobalar hayotini o’qiganimda, huddi shunday filmni ko’rayotgandek tasavvurga ega bo’laman.
Savol:  Siz rejissyor bo’lganingizda qaysi sahobaning hayotini kinofilm qilib ishlagan bo’lardingiz?

Qayd etilgan


Mahdiyah  29 Avgust 2009, 07:26:49

Hadija, Munavvara, Robiya, Fatima, Kumush, Muslima.bgm ga:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga dunyo hazinalari kaliti berilganida ul zot "œMen bu dunyoga dunyo, mol-davlat, boylik uchun kelmadim. Men ummmat uchun (ya’ni ummatni do’zaxdan ogohlantirish, Allohning amrlarini yetkazish uchun) keldim" deganlar.

Savol:Sizni Alloh nima maqsadda dunyoga keltirdi deb o’ylaysiz?

Qayd etilgan


Mahdiyah  29 Avgust 2009, 07:30:18

Abdul_Malik, Muhammadiy, Muhammadali, mahmudali, AbdulAziz, Munira xonim, Muzayyana, G_u_l_i, Hadija, ЖАМШИДЖОА, Abzulhafiz ga:

Har bir sahobaning umr daftari juda ta’sirli.
Savol: Sizga qaysi sahobaning hayotida bo’lub o’tgan voqea juda ta’sir qilgan

Qayd etilgan


Mahdiyah  29 Avgust 2009, 07:32:00

Chusty, Kapalak, imlaah, Munira xonim, Munavvara, ZUBAYR, Zayd, Musannif Adham ga:

Savol: Siz ko’rgan va sizga juda ta’sir qilgan filmdagi epizod?

Qayd etilgan


imlaah  29 Avgust 2009, 08:17:09

Ramazon mavzusini yana davom ettiramiz.

Munira xonim, Imlaah opalarga:
Ramazon oyida o'zi turli bahonalar bilan ro'za tutmaganligi yetmaganday, ramazonga behurmat "musulmon"larning ahvollariga guvoh bo'lganmisiz? Bundaylarga munosabatingiz?
Vatanda ekanimda bunday insonlarni juda ko'p deyarli har qadamda ko'rar edim.Hozirda yashab turgan joyimda alhamdulillah musulmonlarni orasida bundaylar bor deb bilmayman.Ko'chalarda ramazonni "sezmay" yurgan insonlar boshqa din va boshqa halq vakillari.Vatanda vaqtimda ko'z oldimda ramazonni qadrini bilmay,uni nazar pisand qilmay ovqat chaynashga uyalmagan yurtoshlarimni ba'zida tegishli gap bilan "siylab" turar edim.Hozirda bunday insonlarni uchratmasligim sababli yoki yoshim ulg'ayib biroz mulohazada sabrliroq bo'lganim sabalimi Allah hidoyatga erishtirsin deb duo qilaman halos.

Qayd etilgan


imlaah  29 Avgust 2009, 08:30:47

Munira xonim, Kapalak, imlaah, Abdulaziz, Muhammad sohib, Abdulhafiz, Ziyovuddin ga:

Har gal sahobalar hayotini o’qiganimda, huddi shunday filmni ko’rayotgandek tasavvurga ega bo’laman.
Savol:  Siz rejissyor bo’lganingizda qaysi sahobaning hayotini kinofilm qilib ishlagan bo’lardingiz?

Hech bir kino asar va hech bir dunyoviy inson islom va uning arkonlarini Quroni Karim va Hadisi shariflardek sifatlab aniqlik bilan insonga yetkazib bera olmaydi.Huddi shuningdek sahobalar hayotlarini bizlardan avvalgi salafi solihlardek tasvirlashga mening aqlim ojiz bo'lgani sabab bu ishga qo'l urmaslikni maqul bilgan bo'lar edim.Balki vaqtimni   shu bizlardan avvalgi ulamolar qoldirgan sahobalar va salaflar hayotlariga bag'ishlangan asarlar mutoalasi bilan o'tkazishlik qiziqarliroq.

Qayd etilgan


imlaah  29 Avgust 2009, 08:36:14

Chusty, Kapalak, imlaah, Munira xonim, Munavvara, ZUBAYR, Zayd, Musannif Adham ga:

Savol: Siz ko’rgan va sizga juda ta’sir qilgan filmdagi epizod?


"Umar Muhtor" va "Salohiddin Ayyubiy" filmlarini ilk bor bundan 12 yil avval ko'rgan edim.Bu ikki filmning deyarli har sahnasi menga juda tasir qilgan edi.Hozirgacha goh gohida takror ko'rib turaman.

Qayd etilgan