Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1266641 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 163 164 165 166 167 168 169 170 171 172 173 ... 270 B


shoir  23 Noyabr 2009, 13:58:19

Ассалому алайкум. Аввалроқ Шокирбек ва Улуғбек акаларга савол қилиб берган сдим.

АбдулАзиз, Салмон Форсий, Узмус ҳамда Мунира хоним, Имлааҳ, Салтанат, Капалак опаларга:

Сснгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга снг маъқул келганлари қайсилар бслди?

Qayd etilgan


shoir  23 Noyabr 2009, 14:37:08

Жавоб беришни истаган юзерларга:

Сснгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган саволлар ичида сизга снг маъқул келган(лар)и қайсилар бслди?

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Noyabr 2009, 14:37:31

Ассалому алайкум. Аввалроқ Шокирбек ва Улуғбек акаларга савол қилиб берган сдим.

АбдулАзиз, Салмон Форсий, Узмус ҳамда Мунира хоним, Имлааҳ, Салтанат, Капалак опаларга:

Сснгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга снг маъқул келганлари қайсилар бслди?

Barcha javoblardan nimanidir o'rgandim. O'sha javoblar tufayli ko'p xotiralar esga tushdi. Ba'zi javoblardan xursand bo'ldim, kuldim ham. Ba'zilari esa meni o'ylashga, hayotimni hisob-kitob qilishga, Yoqinjon qori aytganidek, shu 25 yillik umrda, aytishga arzigulik 25 daqiqa bormi yoki yo'qligi haqida tafakkur qilishga majbur etdi.

Menga eng ta'sir qilgan jumlalar quyidagilar bo'ldi:

Gaplashib bo'lgach, u yigitdagi amonat, iffatni o'ylab, ichimda unga tahsinlar aytdim, yigitligidanoq bunday amonatdor bo'lgan, birovning haqidan qo'rqadigan kishi kelgusida ummati uchun albatta foydali shaxs bo'ladi. Odamlar haqini turli yo'llar bilan tortib olayotganlar, bunday qulay kelib qolgan fursatdan emas, balki yolg'onchilik, firibgarlik evaziga pul yig'ayotganlar mana bunday yorqin namunalar borligini ham bilib qo'yishsa yomon bo'lmas edi.."

Yana İstambulda talaba ekanman uyda birga turadigan dugonalarim aytib berishgandi. Bizni mahallada o’tiradigan 70 yoshlarda hech kimi yo’q bir kampir bor ekan. U har kuni marketdan tovuqning suyakli qismlarini sotib olib, plastmassa idishlarga solib yo’l chekkalariga tashlab ketarkan. Sababi esa mahallada yashaydigan egasiz it va mushuklar ochlikdan o’lishmasin, deb shunday qilar ekan. Bu odatini esa 15 yildan beri kanda qilmas ekan"¦

Biz kattalar "katta ishlarimizni" bitirish uchun o'zi shunday ham qorni to'q kishilarga poralar beramiz, egilib bukilamiz,yaxshi gaplar gapiramiz. Lekin halol mehnat qilib og'irimizni engil qilayotgan oddiy bir aravakash bolaga ozgina MEHR ko'rsata olmaymiz... Axir u ham yaxshi kunidan arava surib yurmagandir ? Nahotki biz shaytoni layinni kasbi bo'lgan kibrni murg'ak qalblarga qilsak !!!

Talaba bo`lolmadim, lekin alhamdulillah, muslima bo`ldim...

2) L. N. Tolstoy: "Erkakka o'xshamoqchi bo'lgan ayol xuddi ayolsifat erkak singari tasqaradir."

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  23 Noyabr 2009, 15:54:02


Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi? (hikmatli so'zimi, nasihatmi...)


Bir kunlik adolat - yuz kunlik toat-ibodatdan afzal.
Amir Temur.

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Noyabr 2009, 16:12:28

Ассалому алайкум. Аввалроқ Шокирбек ва Улуғбек акаларга савол қилиб берган сдим.

АбдулАзиз, Салмон Форсий, Узмус ҳамда Мунира хоним, Имлааҳ, Салтанат, Капалак опаларга:

Сснгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга снг маъқул келганлари қайсилар бслди?

Assalamu alaykum.
Avvalo savol berganlarga ham, bu savollarga go'zal javob qilgan barchaga tashakkur aytaman. BArcha javoblar o'zicha go'zal va ibratli edi.
Ayniqsa,Abdulaziz, imlaah, Ulug'bek75 va Kapalakni javoblari insonga ko'p narsani o'rgatadi.
Barcha javoblar desam ham bo'ladi, lekin menga eng ta'sir qilgan va hali hanuz yodimdan ko'tarilmagan javob Salmon Forsiyni Mehr haqida savolga bo'lgan javoblari bo'ldi.
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1477.msg203565#msg203565

Qayd etilgan


Muhyiddin  23 Noyabr 2009, 17:08:45

Ассалому алайкум. Аввалроқ Шокирбек ва Улуғбек акаларга савол қилиб берган сдим.

АбдулАзиз, Салмон Форсий, Узмус ҳамда Мунира хоним, Имлааҳ, Салтанат, Капалак опаларга:
Сснгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга снг маъқул келганлари қайсилар бслди?

Assalomu alaykum!

So’ralgan savollarga barcha ishtirokchilarning bergan javoblari hayotiy va e’tiborga loyiq deb o’ylayman. Ulardan Salmon Forsiyning  MEHR haqidagi hikoyasi va Gulining ushbu so’zlari ta’sirliroq bo’ldi"¦

Iqtibos
Talaba bo`lolmadim, lekin alhamdulillah, muslima bo`ldim.

Hali hayot oldinda, inshaalloh, hammasi yaxshi bo'ladi. Hamma o’qiganlar ham o’qimishli bo’lavermaydi, diplomsiz ziyoli insonlar ham talaygina bu hayotda. Sizga orzuingizni ushalishini tilaymiz....

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  23 Noyabr 2009, 18:04:23

P.S.  :)  Javob bermaganlar Abdullohga o'xshab qidirmasliklari uchun savol yana qaytadan "tiklandi"  :D
....Ulug’bek-Uz... :

Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi? (hikmatli so'zimi, nasihatmi...)


Жалолиддин А умий
Ксзни юмгил, ксзга айлансин кснгил, ксз бсларми Ҳақни ксрмас бслса ул?

Алишер Аавоий
Кимки бир кснгли бузуқнинг хотирин шод айлагай, онча борким, Каъба вайрон бслса обод айлагай!

Бу гулшан ичра йсқдир бақо гулига сабот, ажаб саодат срур қолса схшилик бирла от!

Qayd etilgan


Ansora  23 Noyabr 2009, 19:33:51

Ассалому алайкум. Аввалроқ Шокирбек ва Улуғбек акаларга савол қилиб берган сдим.

АбдулАзиз, Салмон Форсий, Узмус ҳамда Мунира хоним, Имлааҳ, Салтанат, Капалак опаларга:

Сснгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга снг маъқул келганлари қайсилар бслди?



V.Assalom. Menga javoblarni hammasi yoqdi. Butun javoblarni katta hayajon bilan o'qidim.....
Hammaga hayotlaridagi eng qiziqarli, eng mazmunli xotiralarini baham ko'rganliklari uchun katta rahmat aytaman  : )

Qayd etilgan


Ulugbek75  23 Noyabr 2009, 21:03:58

Keyingi kunlarda bu mavzuda qoldirilgan hikoyalardan menga eng manzur bo'lgani qaysilar bo'ldi?

Hamma hikoyalar go'zal, ammo bazilari boshqalaridan yanada go'zalroq.
Aslida bu, qanday baholashga ham bog'liq. Hikoyaning mazmuniga qarabmi, yoki hikoyachining neqadar tasirli tasvirlay olishiga qarabmi yoxud ikkalasini ham ko'zdan qochirmaslik lozimmi?

Men eng oson yo'lini tutdim :) , ya'ni mazmuni menga eng ta'sirli sezilganlaridan misollar keltiraman:

1. Munira xonim hikoya qilgan, 12 yil sabr qilishib farzandli bo'lgan juftning sabri va shukri.
2. Muhseenaning Janob Payg'ambarimizga bo'lgan muhabbatiga kuchli havasim keldi.
3. Abdulaziz hikoya qilgan, Chimyondagi masjid supurgich kishining husni xotimasi.
4. Kapalak hikoya qilgan, mahalladagi egasiz it va mushuklar g'amini yeb yurgan Istanbullik qarya kampir.
5. Saltanat hikoya qilgan, opasining hasadi tufayli ukasi xotinini taloq qilganda, bu ayol ko'rsatgan ulkan sabr.
6. Imlaahning qaynotalari yashagan namunali hayot va u kishiga haqli tarzda nasib etgan husni xotima. Menga eng tasir qilgan hikoya aslida mana shu bo'ldi. Allohim shunday go'zal xotimani bizlarga ham nasib etsin, ameen!
7. Salmon Forsiyning mehr haqidagi hikoyasi. (Aravakashni yollagan yigitning, voqeadan so'ng unga yordamlashib ketishiga, (faqat) u bolaning gapi emas, aynan Salmonnig va bolakayning chopib yordamga kelgani va u juda noqulay vaziyatga tushib qolgani sabab bo'lgan menimcha...)
8. Gulining talaba bo'lolmadim, ammo muslima bo'ldim degan tasirli iboralari.

Hozir xotirlay olganim shular...

Qayd etilgan


ZUBAIR  23 Noyabr 2009, 21:48:49

P.S.  :)  Javob bermaganlar Abdullohga o'xshab qidirmasliklari uchun savol yana qaytadan "tiklandi"  :D

ZUBAIR


Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi? (hikmatli so'zimi, nasihatmi...)


Ko'zingni hozir och, yumishga ulgurasan.

Bu so'zlarni men ilk marta hamidov.uz saytida o'qigandim. Muallifi menga noma'lum

Qayd etilgan