forum.ziyouz.com
Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Robiya 01 Avgust 2008, 13:12:56
-
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar! Bugun yurtimizda Oliy o'quv yurtlariga kirish imitohnlari bo'lib o'tyapti. Sizlar ham hayotingiz davomida qandaydir imtihonlardan o'tgansiz. Kelinglar, xotiralar bilan almashamiz. Sizning imtihoningiz qanday bo'lgan?
PS.: Bu mavzuda faqat Oliy o'quv yurtiga kirish imtihonlari topshirganlar emas, umuman imtihon topshirganlar ham ishtirok etishi mumkin (chet elda o'qish, ishlar uchun grant dasturlariga, va h.k.)
-
Sizning imtihoningiz qanday bo'lgan?
Бакалавриатурага имтихон топширишм схши утган. Лекин мандат куни... Арталаб келганман. Масъул ходим мани олдимдан утиб жавобларни доскага илган. Шу билан.. 15.00 ларда билагнма балимни.. унгача асаббузарликлар .. сх.. номеримни топлмай.. хадеб охиридан бошлаб караб келган сканман нкул.. йукда палкат чикмайяди, тушдан кейин навбат ташкиллаштириб битта битта курдик.. биринчи варакни дастлабки унлигига турибманда.. ана снди хурсандчилик :)
-
Men o'qishga 3-yil kirganman. Lekin rosa qattiq tayyorlanganman. 3-yil ertalab uyquda yotar ekanman. Otam akamdan mening natijalarimni so'rayotgan ekan. Akam o'sha kecha tumanimizga borib Toshkentdagi yana bir akam orqali gaplashgan ekan. Uyqu aralash gaplarini eshitdim. Akam meni kiraolmaganimni aytayotgandi. O'shanda shunchalik afsuslandimki umuman o'rnimdan turgim ham kelmadi. Yig'lagim keldi nahotki yana bir kutishimga to'g'ri kelsa deb. Lekin Allohga shukurki akam meni natijamni xato eshitib borhan ekan. Toshkentdagi akam kelgach men tabrikladi va o'zida yo'q xursand edi. O'shanda men ham shunchalik xursand bo'ldimki Allohga hamdu sanolar aytdim. Mana Allohga shukur hozir TMI da 3-kurs bo'ldim.
Allohim barcha abuturentlarni student bo'lishini nasib aylasin!!!
-
Assalomu alaykum Aziz Abiturentlar! man Navoiydan Nafisaman. Man 1-marta imtihonga kirishim edi (Navoiy Davlat Konchilik INS.ga) hayojon bo'ldi ozgina albatta. 2 ta ayolcha tushdi bizaga tekshiruvchi bo'p. ruschani bilmiydi, (man rus fakultetga topshirdim) oddiy krilchani ham yozolmidi bilmiman qanaqa o'qituvchi ekan, varaqalani to'ldirishni ham eplab tushuntirisholmadi, hamma bolla qayta-qayta so'ravurib g'ala-g'ovur bo'p ketdi. Jiim bo'lilaaaaaaa! deb baqrishni qoyillatar ekanla:) 30 min 10 ta bolani kutib o'tirdik ungacha bizani joyimizga o'tirg'izdila, keyin 10 ta bola keldi tirjayib:) hammani jahli chiqdi, test boshlandi! deyishi bn hamma <A'lo Domlo> deb baqirishni boshladi ko'rsez:) tekshiruvchiladan 1tasi kep qosa yana jimlik, keyin yana shu ahvol. bir safar tekshiruvchi kep qop 1 ta bolani telefoni jaranglab ketdida ko'rsez hamma guuuurrrrr etib kuldida, kamina misollani terlab yechyapti, 2 ta oson misolimni chiqorolmay asabim chiqib ketdi. shpargalkadan boshqa 3 ta misolimga javob ololdim;) telimni chiqarib endi alo duvdim ko'rib qolishdida olib qo'yishdi (eshikni ro'parasida o'tiruvdimda) sekin-sekin misollarimni ko'rib chiqdimda imtihon tugashiga 30 min qolganda telimni amallab oldim:) 4,5 ta chiqmagan misolimga javob oldim. Xaligi 10 ta kechikib kelgan bolalardan 1 tasiga qarasam o'zimni parallel sinfdoshim, manga qarab,< qalaysan> deydi manam <yaxshi> dedim. nimani ishlayoptikan deb qarasam o'ynab o'tiribdida, gulcha chiziiib. Asabim chiqib ketdi sunaqangi, asti qo'yovuring. xullas Xaligi baqiroq ayol bo'lilacha-bo'lila deb qoldi. keyin hamma chiqib ketdi shu jumladan manam. keyin shuncha orziqib kutgan imtihonim ham tugaganligini tushundim. So'z berganlariz uchun rahmat!
Allohim biz abiturentlani o'z panohiga olsin! hamma o'zi hohlagan, orzu qilgan o'qishiga GRAND ga kirib ketsin! Shu jumladan manam:) Fatima sizam:) xullas hamma! :)
-
Assalomu alaykum, forumdoshlar!
Robiya opajon, sizga ham katta rahmat bizga atab shunaqa mavzu ochganiz uchun.
So`z manga kelib qolibdi-da, shunday bo`lsa manam yozaqolay.
Man ham Nafisaga o`xshab 1-avgustda bo`ladigan imtihonga 1-marta kirishim (Ilohim oxirgisi bo`lsin) edi, ko`pchilik telefonda, yuzma-yuz bo`lib manga ancha maslahatla berishdi (Imtihonga kirgandan keyin bo`ladigan har qanday holatlar haqida). Ularga katta rahmat.
Man topshirgan joyda Imtihon jaa ajoyib o`tdi. Kirganimizdan boshlandi hammasi. Imtihonni kuzatish uchun bizga 1 o`zbek, 1 rus o`qituvchilani qo`yishdi. Rus o`qituvchi umuman gapirmadi, savol varaqasini topshirib bo`lib o`zini ishi bilan bo`lib bizga hecham e`tibor qimadi. Anu o`zbek o`qituvchi, 1-avgustga imtihonga ko`p kirganmi deyman, malakasi ancha yuqori ekan. Savollar varaqasini olganimizdan keyin, bir abiturientka hammadan 5 mingdan yig`ib o`qituvchiga topshirdi. Shundan keyin hech kim abiturientlarga indamadi. Faqat SMB odamlari kelsa, hamma telini yig`ishtirishini aytishdi. Xuddi shunaqa bo`ldi ham. Keyinroq imtihon oxirlashganda SMB odamlarini o`zi ham indamadi, hamma narsa ochiq -oydin bo`lib ketdi. Shu qatorida man ham vaziyatdan foydalanib tushunmagan savollarimga javob ham oldim, manga yordam berganlarga ham katta rahmat aytaman, Alloh rozi bo`lsin ulardan.
Javoblar varaqamni 60 ta abiturientlar ichidan 54-si bo`lib topshirdim. Shungacha anu odamla peshonamizda o`tirib: "Bo`lila, tezroq. Sanla o`qishga kirgandan keyinam odamni "qon" qilasanlami?"-deb odamni shoshiltirib qo`ydi. Man ham olgan bilimlarini bir joyga jamlab hammasini bo`yab chiqdim. Endi bu yog`i yolg`iz Allohdan. Duo qiling!
PS: Nafisa, dugonajon, Man ham sizga omad tiliman, qolaversa forumni a`zosi va a`zosi bo`lmagan abiturientlarga ham katta omad. Hammamizga STUDENT bo`lishdek baxt nasib etsin.
Hurmat bilan Fatima
Assalomu alaykum
Ha Ozodaxon Aytganiz kelsin, Alloh hammamizga Student bo'lishni nasib aylasin!
-
ҳм, жуда схшатибсизлару имтиҳонни ҳам, шпаргалка, телефон, сҳҳ....
нимага йилдан йилга сқувчиларни салоҳисти тушиб кетспти, ёки ҳаммада "барибир пули бор киради" деб сқишни йиғиштириб қсйишдими?
тушунмадим, тушунмадим...
Форумдош сингилларимга талаба булишларига омад тилайман!
-
Assalamu alaykum.
Hmm.. mavzu bo'yicha bildirilgan fikrlarni o'qib hayron qoldim..
Nahotki bizdagi imtihonlar shunday o'tsa??!!
Bilmadim-ku lekin bu menimcha imtihon deb hisoblashga arzimaydigan oddiy savol-javob desa to'g'ri bo'ladigan narsa ekan..
Bu yerlarda imtihon bo'lsa ehhheeee o'qib yodlamagan odam hech qachon o'ta olmaydi chunki imtihon xonasiga kirganda o'qituvchilar sumkalarni olib qo'yishadi telfonlarni esa o'chirib uni ham olib qo'yishadi umuman g'irromchilik qilish mumkin emas. Imtixon vaqtida esa bir birimizga qarab qo'yish ham mumkin emas. O'qituvchi imtihon boshlanishidan avval Payg'ambarimiz (sallohu alayhi va sallam) "g'irromchi bizdan emas " deganlar ikki soat vaqtingiz bor bemalol o'ylab yozinglar eng muhimi imtihondan o'tish emas muhimi shuncha o'qiganingizni oqlashingiz sizlarga omad! deyishadi.. Agar kimningdir biror qog'ozga yozib olgani yoki shunday narsalarni bilib qolishsaaa imtihon varaqlarini yirtib tashlab boshqa varoq berishadi..
O'zbekistondagi "imtihon"larning judayam "qiyin" ekanigini o'qib juda hayron qoldim.......
-
Assalomu alaykum!
Men ham bundan 3 yil oldin oliy o’quv yurtiga o’qishga kirish niyatida Buxoro Davlat Universiteti, Gumanitar fanlar fakulteti, milliy istiqlol g’oyasi: huquq va ma’naviyat asoslari bo’limiga hujjat topshirganman. Aslida"¦
Maqsadim O’zMU jurnalistika fakultetida yoki Islom un-tetida islom fiqshunosligi fakultetida o’qish edi. Ammo,"¦ taqdirimda o’zim tug’ilib o’sgan shahrim Buxoroda o’qish yozilgan ekan, Allohga shukr.
19 iyulda hujjat topshirishga bordim, sinfdoshim bilan. Tarixga topshirmoqchi edik, qarasak, da’vogarlar soni 800dan oshib ketibdi, shunda milliy istiqlol g’oyasi: huquq va ma’naviyat asoslari bo’limini ko’rsak 220 ta ekan, tavakkal deb shunga topshirdik.
31 iyulda DTMlarni olib ketishga keldik. Guruhimizga qarasak, bir guruhga tushibmiz, xursand qiladigani yana bir sinfdoshimiz biz topshirgan fakultetga topshirib, u ham imtihon kunida biz bilan kiradigan bo’libdi, juda xursand bo’lib ketdik. Bunaqasi hech bo’lmagandi. 3 sinfdosh bir fakultetga topshirib, yana bir guruhga tushsaya,"¦ hali hammasi oldinda ekan "¦.
1 avgust kuni keldi"¦ Ertalab 6-30 da yo’lga chiqdik (Kogon shahri Buxorodan 12-13 km uzoq, shu sababli yo’l yopilmasligi uchun vaqtliroq chiqdik). Soat 7-10 larda bordik. Abiturieyntlar ko’p, ulardan ham ota-onalar ko’p edi. Guruhimizni topib o’z navbatimizni kutdik, atrof to’la notanish kishilar, bolalar, qizlar, hammasi bir maqsadda o’qishga kirish uchun yurakda hayajon bilan o’tirishibdi.
Bir payt qarasak, hali aytgan sinfdoshim (Maxmud)ni otasi yelkasidan tutib, zo’rg’a olib kelyaptilar. Xavotirlanib yoniga borib nima bo’ldi desak, kecha ko’richak bo’ldim, kecha kechki 8 larda operatsiya qilishdi. Bugun qarshilik qilishsa ham keldim, dedi sinfdoshimiz terga botib. Ana matonat, ana xohish, keyinchalik esa ana omad,"¦ dedik.
Test topshiriladigan xonaga olib kirishdi, notanish zinalardan chiqib bir xonaga kirdik. Men sinfdoshim bilan bir partaga o’tirdim, kasal bo’lgan sinfdoshimiz esa bizdan bir parta oldinga o’tirdi. Buni qarangki eshikni yoniga o’tirib olibmiz qaramasdan. Ha mayli, deb nazoratchi o’qituvchini eshitdik, maslahatlar olib, Bismilloh deb testni yechishni boshladik. Xullas, hammasi emasu, ko’pchiligi o’qigan narsamizdan tushdi, oson hal qildik. O’zimizni testimizni yechish barobarida Maxmudga ham yordam berdik. Yarim soatcha o’tgach uni variantini olib ingliz tili hamda ona tili va adabiyoti fanidan testlarini yechib berdik, u esa bizga tarixni hal qilishga yordam berdi. Xullas, 1 soatga qolmasdan betob sinfdoshimizni chiqarib yubordik. Keyin yeng shimarib javoblarni ko’chirdik, ingliz tilidan, ona tilidan 1-2 savollarni maslahatlashib belgiladik. Soat 12 larda biz ham chiqdik. Chiqqanimda birinchi bo’lib duch kelgan onam ha qizim nima bo’ldi dedilar. Men esa kontrakt-da dedim beparvo. Bechora onamni ko’zlariga yosh keldi o’shanda, unaqa dema, shuncha qiynalganingga yarasha grantga kirginda dedilar. Xullas, test o’tdi"¦
Ana endi boshlandi haqiqiy o’ylovlar"¦ o’qishga kirdimmi, yo’qmi"¦?
Dadamdan sekin so’rayman: "œDada, kontraktga o’qitasizmi?" "œKo’ramiz" — deb qo’yadilar dadam e’tibor bermay. Tog’am esa mayli xafa bo’lma 1 yil kontraktingni men to’layman dedilar.
Har xil taxminlar, fikrlar bilan javob chiqadigan kun ham yaqinlashib qolibdi. 11 avgustda hech nima yo’q, 12 avgustda ham shu gap. 13 avgust kuni ertalab sinfdoshimni otasi telefon qilib DTM raqamimni so’radilar. Yarim soatlardan keyin telefon qilib tabriklayman qizim, 3-o’rin bilan byudjetga o’qishga kiribsan desalar bo’ladimi"¦ Ana xolos, "¦. Ana xursandchiligu, ana baxt. Aslida o’sha payt xursand bo’lishni ham , bo’lmaslikni ham bilmay qoldim. Javoblarni boshqadan eshitish boshqayu, o’zingiz borib ko’rganingiz boshqa, to’g’rimi? Shunga biroz talmovsirab qoldim. Keyin gap nimadaligini anglagach baqirib yuboribman. Onam ishonmasdan borib ko’rib kelamiz dedilar. Bordik, DTMimni olib solishtirsam haqiqatda 3-o’rinda turibmanda, onam quchoqlab Qizim o’qishga kirdi, ishonchimni oqladi deb bir-ikki ko’z yosh ham to’kib oldilar.
Ana keyin hammasi boshlandi, tabriklar, qutlovlar, havaslar,"¦
Ha-ya, aytish yodimdan ko’tarilay deb qolibdi, hali aytgandimu hammasi oldinda deb, eshiting, biz 3 sinfdosh, bir fakultetga hujjat topshirib, bir guruhga tushib, uchalamiz ham grantga o’qishga kirdik. Bunaqasini hech eshitmagan bo’lsangiz kerak-a? SubhanALLOH!!!
Men o’zim grantga kirishimni kutmagandim, to’g’ri, juda ko’p o’qigandim, ammo mendan ham yaxshi tayyorlanganlar bo’lishi mumkinku degan o’ylov bilan borgandim.
Alloh qilgan xayrli amallarva yomonliklarga javobni shu dunyodayoq ko’rsatadi deyishadiku. Balki sinfdoshimizga bergan yordamimiz sababli grantga kirgandirman deb o’ylayman hali ham. Nima bo’lganda ham men BIRINCHI yildayoq TALABA bo’lishga muvaffaq bo’ldim. Allohga hamdlar bo’lsinkim, hozirda bitiruvchiman, yana bir yildan so’ng, jonajon universitetimni tugataman.
Uzun hikoyamni sabr-toqat bilan o’qiganingiz uchun katta rahmat. Barcha abituriyentlarga o’zlari xohlagan o’quv yurtlari talabasi bo’lish nasib etishiga tilakdoshman.
-
Абитуриент бечора индамай нима қилсин. Фикру хаёли бир-биридан қийин саволларда бслади, буни устига қаттиқ ҳасжон. Айниқса биринчи марта имтиҳонга кирган бслса. Бунинг устига шпаргалкаларга сътироз билдириш учун, унинг сзида шундай нарсалар бслмаслиги керак. Ким кафолат бера олади, фалон фоиз талабалар имтиҳонга шпаргалка олиб кирмайди, деб.
Шпаргалка - бу кспроқ психологик восита. Яъни, абитуриент ундан тузук жавоблар топилмаслигини билса ҳам, барибир имтиҳонга шпаргалкасиз кирмайди, чунки ҳаммада "шпора" борлигини ксрган вақтда уни ваҳима босади, худдики сзини ҳамма нарсадан қуруқ қолиб кетаётган одамдек ҳис қилади. "Менда ҳам шпаргалка борку" деган сй унга далда бслиб турса керак.
Assalomu alaykum
Birodarni gaplariga qo`shilaman.
Manimcha, bu userimiz hammasini to`lig`icha tushuntira olganlar.
-
Forumimizdagi barcha talabaga aylangan abuturietlarga omadlar tilayman!
-
Forumimizdagi barcha talabaga aylangan abuturietlarga omadlar tilayman!
nima mandat boldimi?
-
Mandat bo`madi-yu hali, yoki bo`ldimi? Man eshitmay qoldimmi? Rostan bo`ldimi?
Mandat bo`lsa hamma joydan xabar bo`lardi, hali imtihon javoblari chiqqani yo`q.
-
Imtihon javoblari ertaga - 12 avgust yoki chorshanba kuni chiqadi.
-
Оллоҳга шукур синглим сқишга кирди!
-
Оллоҳга шукур синглим сқишга кирди!
Tabriklayman Ulugbek-Uz, Alloh bundanda ziyoda qilsin singlizni ilmlarini!
Boshqa abituriyentlardan ham xushxabarlarni kutib qolamiz.
-
:as:
barcha abiturentlarga shu qatori bu yil o'qoshga topshirayotgan birodarlarimga Allohning hayirli oqibatini so'rayman ,va omadlar tilab qolaman ,bir necha yil oldin 1 avgust tongida katta hayojon bn oliy dargoh eshiklarini taqqillatganim hali hamon esimda.
-
:as:
Demak,demak... birinchilardan bo'lib Mr.Twister telefon qilib, bugungi imtihondan taassurotlari juda zo'r ekanini aytdilar. Qolganini o'zlaridan eshitamiz. Boshqa abituriyentlar, siz ham o'z taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz xursand bo'lardik.
-
:as:
Demak,demak... birinchilardan bo'lib Mr.Twister telefon qilib, bugungi imtihondan taassurotlari juda zo'r ekanini aytdilar. Qolganini o'zlaridan eshitamiz. Boshqa abituriyentlar, siz ham o'z taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz xursand bo'lardik.
:as:
Bilasizmi, imtihon ta'surotini, abuturentdan ko'ra, uning yaqini ayniqsaki ONAlarimizdan so'rash kerak, ular abuturentdan ko'ra ko'proq hayajon va duolarda bo'lishishadi :) Baxtimizga Onajonlarimiz sog' bo'lsinlar hamisha.
-
Sir emas-ki, imtihonlarning o`tishi haqida ba'zan har xil gaplar yuradi, albatta ijobiy emas.
... iks variant, telefon,.. noqonuniy yo`llar bilan, yana qanaqadir akaxonlarning yordami bilan emas, o`z bilim saviyasini ishga solib imtihon topshirib chiqqan abituriyentlarimizga chinakam omadlar tilaymiz.
Yuqorida aytilgan yordamlarga muhtoj abituriyentlarga esa eng avval insof,.. tilagan bo`lardik, shu bilan birga agar qabul qilsalar, o`sha noqonuniy yo`llarga sarflagan pullarini tayyorlanishga (repititor) sarflash natijasida bilim olib, kelajaklari uchun zamin yaratishlarini maslahat berardik,..
-
Yaxshi niyatlar bilan davlat imtihonlarini topshirib chiqqanlar ilohim niyatlariga yetishsin! Mandatdan keyin yaxshi yangiliklarni o'qiylik, quvonchlaringizga sherik bo'laylik.
-
Assalamu alaykum.
Mana bugun vanihoyat imtihon javoblari ilindi.
Garchi bizlarga forumdosh bo'lmasada, mani singlim ham o'qishga kirdi, alhamdulillah.
Qolgam forumdoshlardan ham ijobiy habarlar kutib qolamiz, inshaAlloh.
Sir emas-ki, imtihonlarning o`tishi haqida ba'zan har xil gaplar yuradi, albatta ijobiy emas.
... iks variant, telefon,.. noqonuniy yo`llar bilan, yana qanaqadir akaxonlarning yordami bilan emas, o`z bilim saviyasini ishga solib imtihon topshirib chiqqan abituriyentlarimizga chinakam omadlar tilaymiz.
Yuqorida aytilgan yordamlarga muhtoj abituriyentlarga esa eng avval insof,.. tilagan bo`lardik, shu bilan birga agar qabul qilsalar, o`sha noqonuniy yo`llarga sarflagan pullarini tayyorlanishga (repititor) sarflash natijasida bilim olib, kelajaklari uchun zamin yaratishlarini maslahat berardik,..
Mana shu fikrlar isboti uchun ikki og'iz gap!
Mani o'zimni singlim bu yil imtihon topshirdi.
Singlim imtihondan kelib taassurotlarni aytib berdi, endi juda chegara qolmabdi. Hozirgi ishlar iks variant, telefonlardan ham o'tib tushayotgan emish.
Abiturientga beriladigan savollar kitobchasi shundoq tashqariga olib chiqilib, 3ta malakali, lekin insofsiz o'qituvchilarga yechtirilib, tayyor javoblar abiturientni qo'liga berilayotgan ekan.
Odamlarga nima bo'lgan o'zi, insof, diyonat degan narsalarni pulga qo'sgib yeb qo'yishayapti, Ja'zakallohul Hayron!
-
:as:
Allohga hamd aytib postimni boshlayman. Alhamdullilah bugun javoblar chiqdi...
Va men javobimni eshitish uchun Toshkent shahridagi qarindoshimizga tel qildim, 15 mindan keyin esa telefon orqali mana bu so`zlar yangrayotgandi (iltimos buni maqtanishga yoymang.):
"... Tabriklayman... Grantga kiribsan... 202,6 ball bilan kiribsan, Erkin tabriklayman, ota-onangni boshlarini egmading. San bilan faxrlanaman, ilmingni bundanda ziyoda qilsin..."
ko`zimda xursandchilik yoshlari bilan ota-onamga xabarni yetkazdim, oyimni ko`rganingizda edi... Eh bu mehribon ko`zlardan oqayotgan yoshlar...
Alloh o`zing eng mehribon zotsan, o`zingga shukur. Do`st-u dushmanlarim oldida boshimni egmading. Senga bandalaring olayotgan nafasdan, yog`adigan yomg`ir tomchilaridan, dengizdagi tomchilardan o`zing bilagan adadingcha ko`p hamd-u sanolar bo`lsin, Amin.
Barcha birodarlarim shu jumladan talaba bo`lgan forumdoshlarni (hozircha Fatimani bilaman, ilmlari ziyoda bo`lsin, Agrarga grant asosida talaba bo`ldilar) chin qalbimdan tabriklayman.
-
:as:
Allohga hamd aytib postimni boshlayman. Alhamdullilah bugun javoblar chiqdi...
Va men javobimni eshitish uchun Toshkent shahridagi qarindoshimizga tel qildim, 15 mindan keyin esa telefon orqali mana bu so`zlar yangrayotgandi (iltimos buni maqtanishga yoymang.):
"... Tabriklayman... Grantga kiribsan... 202,6 ball bilan kiribsan, Erkin tabriklayman, ota-onangni boshlarini egmading. San bilan faxrlanaman, ilmingni bundanda ziyoda qilsin..."
ko`zimda xursandchilik yoshlari bilan ota-onamga xabarni yetkazdim, oyimni ko`rganingizda edi... Eh bu mehribon ko`zlardan oqayotgan yoshlar...
Alloh o`zing eng mehribon zotsan, o`zingga shukur. Do`st-u dushmanlarim oldida boshimni egmading. Senga bandalaring olayotgan nafasdan, yog`adigan yomg`ir tomchilaridan, dengizdagi tomchilardan o`zing bilagan adadingcha ko`p hamd-u sanolar bo`lsin, Amin.
Barcha birodarlarim shu jumladan talaba bo`lgan forumdoshlarni (hozircha Fatimani bilaman, ilmlari ziyoda bo`lsin, Agrarga grant asosida talaba bo`ldilar) chin qalbimdan tabriklayman.
Tabriklayman, Mr. Twister. Hali hayot oldinda. Sakkiz yil muqaddam biz ham shunday hayajonlarni boshimizdan o'tkazganmiz. Vaqt o'tgan sari yangi tashvishlar, imtihonlar kelaverar ekan. O'shanda bu kungi tashvishu-hayajonlar arzimas bo'lib ko'rinadi, hatto esingizdan ham chiqib ketadi. :)
-
Mr. Twister, sizni man ham tabriklayman, zero bu hayotdagi imtihonlardan faqat biri bulishiga qaramay keyingi hayotingiz uchun yahshi zamin hozirlovchi jarayon buladi deb uylayman. (Muhammadiy, hursand bulib turgan odamni unaqa gaplar bilan hurkitib yubormang-da endi... ba'zida odamzodning usha vaqtinchalik bulsa ham hursand bulgan paytlari noyob bulib qolarkan... :D :D )
-
:as:
Talabalik nomiga musharraf bo'lgan barcha yoshlarni tabriklayman!!!
Kecha Fatima, Mr.Twister bilan taassurotlarni o'rtoqlashdik,juda havasim kelib ketdi, yana abituryent bo'lgim keldi rosti :)
Zamiraxon ham kiribdilar deb eshitdim, u kishiga ham muborak bo'lsin!
OFF.: o'qishga kira olmagan forumdoshlarimizga shunday deb qolaman: "Hali hayot oldinda!!! Faqat olg'a!!!"
-
A.alaykum. Hayot rostanam doimo imtihonlardan iborat ekan. Tug'ilganimizdan beri bizga tushgan vazifani maromiga yetkazib ado etish, bu yorug' olamda inson bo'lib yaratilganimiz uchun ham qarshimizga chiqqan qiyinchiliklarga matonat, sabr bilan kurash berish aslida barchamizni bahtiyor qilishi kerak, deb o'ylayman. Bir paytlar intenetta bir e-mail o'qigan edim. Agar dunyoni bir qishloq, deb oladigan bo'lsak, butun dunyodagi insonlar ichida faqatgina bittasi Profesor bo'lgan bo'lishi mumkin, ekan. Tabi u yerda hamma statistikalar o'lchab, o'ylab qilingan. Hullas, payti kelganda imtihonlarning stresi bilan barchamiz ufff deganmiz, siqilganmiz, o'zimizga bo'lgan ishonchimiz kamaygan. Lekin yanada shukr qiladigan shunchalik ko'p sabab borki, meni bu yerda yozishim, sizning bu yozuvlarni o'qishingiz, hammasi aslida buyuk bir ne'mat. Ko'zlarimiz ko'ryapdi, demak ki...Allohga hamdu-sanolar bo'lsin. Men ham imtihonga kirgan kunlarimni hech unutmadim, unutilishi mumkinmiii, aslo. Bizni fakultetga kirganlarni ularga oid bo'lgan nomerlarini o'qishar ekan, birdan kirganlarni ichida 25 bo'lib (u yili 50 kishi olishgan edi) meni nomerim o'qildi. 25 ga kelguncha, qancha vaqt o'tdi, meni ichimdan ne qirindilar o'tdi, siz hisoblang. O'qishga kirganimni eshitib, yerga o'tirdim. Dadam men bilan kelgan edilar. Ko'zlarida yosh, kulimsirayapdilar, qizim tabriklayman, o'qishga kirding, deb. Qani endi, o'rnimdan turolsam, shu holatda yarim soat yerda o'tirdim. Butun qiyinchiliklarga qaramay, imtihonlar bizni ulg'aytiradi, hayotga kuchli qadam tashlashimizda yordam beradi.
Bu bahona bilan bu yil "talaba" degan oliy martabaga loyiq topilgan qardoshlarimga omadlar tilayman. Bu yil nasib bo'lmagan bo'lsa, Alloh hech bir narsani bizni qarshimizga sababsiz chiqarmaydi, albatta bunda ham bir hayir alomati bordir, deb o'yalshlarini, bu yo'lda yana ham g'ayrat bilan o'qib izlanishlarini tilab qolaman.
-
:as:
kech bo'lsada barcha forumdoshlarni talaba bo'lganliogi bn tabriklayman ,oliy dargohning mevalaridan endi mazza qilib bahramand bo'lasizlar ;) ;) ;)
qolgan birodarlarga sabr tilayamn ,hayirlisida.......
-
:as:
Xo'sh.... Hamma imtihon topshiryaptiyu, negadir bu yerda taassurotlarini yozmayapti ???
Janob Y_U_R_I_S_T, boshlang qani :) Harqalay Sizda davlat imtihonlari edi (maktabning 9 - sinf o'quvchilari bo'lsa, ularga ham taalluqli bu gap), qanday topshirdingiz? Hayotda bir marta bo'ladigan bunday imtihondagi taasurotlar bilan o'rtoqlashing endi, kutamiz...
Boshqa forumdoshlarda ham imtihonlar qanday bo'lyapti?
-
Bugun eng asosiy fanimizadan bittasi bo'lmish anatomiyadan opros topshirdik. Guruhdan 3kishi o'tdik. Alhamdulillah bizagayam shulani qatorida bo'lishlik nasib qildi. Faqat shu 5amas 4bo'b qoldide :-[
-
Bugun manda Matimatikadan 3 soatlli examen bor edi. torisi uncha qiyin mas-edi-yuu lekin mayda ishlari judayam kop edi..
soat 9;30 boshlanib 12;30 tugashi kereak edi.. yonimdagi ottirigan bola 11ga kelib hamma yozgan narsalarini ochirib boshidan boshlab qoldi,.... ichimda AXMOQ dib qoydim..
-
:as:
Kecha ertalab litseyda birinchi imtihon bo’ldi.Birinchi bo’lib ona tili va adabiyotdan insho yozish bo’ldi.Har xil yettita mavzu bo’ldi.Bu mavzulardan menga "œUrush hech qachon bo’lmasin"mavzusi yoqdi.Mavzuga atab oddiygina to’rt qator epigraf ham tuzdim.
Hayot sahnasini ko’rdim men chetdan,
Quvonch berar kimgadir,kimgadir faryod.
Urush qaydan chiqdi deb so’rama mendan,
Urushni paydo qilgan,o’zing odamzot.
Yana to'rtta imtihon qoldi.Ulardan ham yaxshi o'tib olamiz Inshaolloh.
-
Ha bu imtihon topshirganla, taassurotla qanday endi..? Negadir hammela jimm...
Biir mashi mavzuniyam qizitilachi..!
Rahmat!
-
Ha bu imtihon topshirganla, taassurotla qanday endi..? Negadir hammela jimm...
Biir mashi mavzuniyam qizitilachi..!
Rahmat!
Natijani kutib yotibmiz, chiqib qolar. Siz duoda bo'lib turavering, inshaAlloh faqat xushxabar eshitasiz...
-
Amiyn!
InshaAlloh harakatlaringiz besamar ketmas..!
-
:as:
9-avgustda oxirgi speaking examni topshirdim MDIS ga Ms Sheeyla.
I hope to that it was my last exam for entering to the university
i hope so...
-
:as:
9-avgustda oxirgi speaking examni topshirdim MDIS ga Ms Sheeyla.
I hope to that it was my last exam for entering to the university
i hope so...
InshaAllah Alloh yo'lizni ochsa utib ketasiz....
Off man exam topshirganim Univerga yonimda bir qiz utirgandi bechara 1 m,ilionga shpargalka olgan ekan ( osha vaht 1 milion ancha pul edi) hullas man testlarni yechib berganimdan kegin qarasam qiz yig'lab utiripti haligidan hayorn bo'lib suradim nega yig'lyapsiz yechmesi testni vaht ketyapti desam? ko'zida yosh Dadami ishontirib shpargalka olgandim 1 milionga bitta ham javob chiqmadi desa bo'ladimi man titulni topshrib endi ketaman deb tugandim... kegin haligi qizga rahmim kelib ke o'zim yech beraman deb qo'ldan kelgancha harakat qildim ... hullas mandatda uchrashib qolganmiz yana sursam eng ohirgi o'rinda budjetka kirgan ekan..o'zidan yoq hursand baqivorgandi:)))) hullas ushanga ham 7 yil bopti anu kuni pochtamga hat yozipti (FB)ga yana bir bor kotta rahmat sizga agar ushanda yordam bermaganizda utolmardim siz sababli hozr Germanyada Univer. of Tech. o'qiyaptikan 2 kurs bopti..
-
Imtihon javoblari qa4on 4iqarkan?
-
Bar4a imtihon javoblarini kutib, duolar qilayotganlarga Ramazon oyi-xuwxabar oyi bölsin!
-
Assalamu alaykum!
Kecha telefonimga shunday sms keldi: Abituriyent-2010: javob varaqangiz raqamini 5151 ga yuboring va natijadan xabardor bo'ling! 1 sms- 0,75 $ :)
Menimcha javoblar chiqqan..
G_u_l_i, I hope so... ;) Duolarda maniyam unutmadizmi? :)
-
hali javoblar chiqmadi. agar sms junatsez 75 centni obqolib 'uzr hali javob chiqmagan ekan' digan sms keladi. ;D
-
Assalamu alaykum!
Kecha telefonimga shunday sms keldi: Abituriyent-2010: javob varaqangiz raqamini 5151 ga yuboring va natijadan xabardor bo'ling! 1 sms- 0,75 $ :)
Menimcha javoblar chiqqan..
G_u_l_i, I hope so... ;) Duolarda maniyam unutmadizmi? :)
Duodamiz...
-
Assalamu alaykum!
Kecha telefonimga shunday sms keldi: Abituriyent-2010: javob varaqangiz raqamini 5151 ga yuboring va natijadan xabardor bo'ling! 1 sms- 0,75 $ :)
Menimcha javoblar chiqqan..
G_u_l_i, I hope so... ;) Duolarda maniyam unutmadizmi? :)
Javob chiqqanligini televizor orqali bilish mumkin. O`zbekiston Yoshlar kabi kanallarning yangiliklarida buni e`lon qilishadi. Javoblarning e`lon qilinishi taxminan 16- avgustlar bo`lsa kerak.
-
hali javoblar chiqmadi. agar sms junatsez 75 centni obqolib 'uzr hali javob chiqmagan ekan' digan sms keladi. ;D
Lekin shunchaki pul ob qolishmaydi, javob chiqishi bilan hamma SMS yuborganlarga necha ball olganligi haqida ma'lumot boradi...
-
:as:
9-avgustda oxirgi speaking examni topshirdim MDIS ga Ms Sheeyla.
I hope to that it was my last exam for entering to the university
i hope so...
endi bir boshdan gapirib beringchi imtihonga tayyorlanish jarayoni va imtihon topshirish jarayoni qanaqa bo'lganini batafsil....
Apreldan boshlab IELTS programmasi bo`yicha examlarga tayyorlanishni boshladim. Deyarli har kuni RDC kutubxonasiga borib birma-bir IELTS Practise testlarga asoslangan kitoblarni testlarini bajardim. Kuniga listening, reading, writing sectionlari bo`yicha hech bo`lmaganda bir marta shug`ullanishga harakat qildim.
Nihoyat 23-iyulda hujjatlarimni 1026 bo`lib topshirdim. Keyin 5 avgustda Listenning, Reading, Writing bo`yicha exam topshirdim. Lekin examni Listening sectioni IELTS dan sal boshqachroq ekan.Examdan sal ko`nglim to`ldi, harakat qildim grantga loyiq bo`lishga. 9-avgustda Speaking dan exam bo`ldi.Ammo bunisi yoqmadi to`g`risi,umuman IELTS ga o`xshamaydi, 3 soatlar navbat kutib exam topshirdim. Atigi 1-2 daqiqa davom etdi, topic card degan narsalar yoq, gaplarimizni recorderga ham yozib olishmadi!
Shunaqa....
Endi javoblarni kutamiz...
-
Assalomu alaykum.
Guli, ilohim imtihoningiz natijalari sizni quvontirsin. Ingliz tilidan tayyorlanishim kerak, bironta yaxshi domlani tavsiya qiling.
-
Ja zerikarliy bo''ldi
-
O'qishdagi imtihon, ya'ni sessiyalar, oraliqlar haqida ham yozinglar.
Bizda tarixdan oraliq zo'r bo'ldida... Hammaga kitobdan foydalanishga ruxsat berdi domla :)
-
Eh sessiyani eslatmen o'rtojon. Hademay yana boshlanadi bu qurib ketgur :p
Oraliqlayam rosa qattu bo'votti bizada. Siqilib kettim. Ertaga falsafadan oraliq. Duo qib turila .
-
Afsus talabalikka man muyassar bo`lolmadimda...
Buning uchun maktabda yaxshi o`qish kerak edi deb hisoblayman.
-
Domlamz imtihonni vohma qiganlariga qo'rqqanimdan rosa zo'r tayorlanvorganakanman o'ynab-kulib a'lo darajada topshirib oldm, alhamdulillah! Haqiqiy bilim pand bermaydi.
-
Domlamz imtihonni vohma qiganlariga qo'rqqanimdan rosa zo'r tayorlanvorganakanman o'ynab-kulib a'lo darajada topshirib oldm, alhamdulillah! Haqiqiy bilim pand bermaydi.
:bar:
Alloh hayirli va barokatli ilm va unga amal qilmoqlikni nasib qilsin!
-
imtihonda birov shpargalkadan birov teldan .... foydalanib o'tiribdi birdan SNB xodimmi kirgandi hamma partani tegiga solib qo'ydi buni sezgan xodim hamma partalarni tagini bittadan "tozalay" boshladi meni yonimga kelganida sherigi chaqirib chiqib keldi agar meniki ko'rganida aniq imtihondan chetlatar edi kattakon lug'at formula daftarchalari kalkulyator qoidalar to'plami va ho.k butun boyligim bilan kirgan edim imtihonga
-
Imtixonga bemalol 3 ta telefon bn kirib 15 minutda chiqib ketganman hich kim tekwirmaganam olibam qo'ymagan!
-
Hayajonlanganimdan boshqa imtihon bo'layotgan xonaga kirib ketganman. Bilet olish asnosida bu xonaga tegishli emasligimni bilib, chiqib, narigi xonaga kirib bilet olib joyimga borib o'tirib qarasam... adashib kirib ketgan xonamdagi biletlarni nazorat qilib turgan odamni oldidagi bir talay qog'ozlarni ham yig'ishtirib chiqibman... :D e'tibor bermaganman - ular ham e'tibor berishmagan. Qog'ozlarni berish uchun "zo'rga tushuntirib" ruxsat so'rab chiqib u yoqqa kirsam "qidiruv" boshlangandi... :5
Yaqinda imtihon tegirmoniga tushib chiqadiganlarga omad!
-
barcha abiturietlarga omad imtihonda muhimi olingan taasurotlar emas, balki olingan natija