A.alaykum. Hayot rostanam doimo imtihonlardan iborat ekan. Tug'ilganimizdan beri bizga tushgan vazifani maromiga yetkazib ado etish, bu yorug' olamda inson bo'lib yaratilganimiz uchun ham qarshimizga chiqqan qiyinchiliklarga matonat, sabr bilan kurash berish aslida barchamizni bahtiyor qilishi kerak, deb o'ylayman. Bir paytlar intenetta bir e-mail o'qigan edim. Agar dunyoni bir qishloq, deb oladigan bo'lsak, butun dunyodagi insonlar ichida faqatgina bittasi Profesor bo'lgan bo'lishi mumkin, ekan. Tabi u yerda hamma statistikalar o'lchab, o'ylab qilingan. Hullas, payti kelganda imtihonlarning stresi bilan barchamiz ufff deganmiz, siqilganmiz, o'zimizga bo'lgan ishonchimiz kamaygan. Lekin yanada shukr qiladigan shunchalik ko'p sabab borki, meni bu yerda yozishim, sizning bu yozuvlarni o'qishingiz, hammasi aslida buyuk bir ne'mat. Ko'zlarimiz ko'ryapdi, demak ki...Allohga hamdu-sanolar bo'lsin. Men ham imtihonga kirgan kunlarimni hech unutmadim, unutilishi mumkinmiii, aslo. Bizni fakultetga kirganlarni ularga oid bo'lgan nomerlarini o'qishar ekan, birdan kirganlarni ichida 25 bo'lib (u yili 50 kishi olishgan edi) meni nomerim o'qildi. 25 ga kelguncha, qancha vaqt o'tdi, meni ichimdan ne qirindilar o'tdi, siz hisoblang. O'qishga kirganimni eshitib, yerga o'tirdim. Dadam men bilan kelgan edilar. Ko'zlarida yosh, kulimsirayapdilar, qizim tabriklayman, o'qishga kirding, deb. Qani endi, o'rnimdan turolsam, shu holatda yarim soat yerda o'tirdim. Butun qiyinchiliklarga qaramay, imtihonlar bizni ulg'aytiradi, hayotga kuchli qadam tashlashimizda yordam beradi.
Bu bahona bilan bu yil "talaba" degan oliy martabaga loyiq topilgan qardoshlarimga omadlar tilayman. Bu yil nasib bo'lmagan bo'lsa, Alloh hech bir narsani bizni qarshimizga sababsiz chiqarmaydi, albatta bunda ham bir hayir alomati bordir, deb o'yalshlarini, bu yo'lda yana ham g'ayrat bilan o'qib izlanishlarini tilab qolaman.