Hayotimiz qiziq..
kun davomida qancha katta-kichik voqealarning guvohi bo'lamiz, qancha insonlarni uchratamiz, ba'zilari bilan muomala qilamiz...
nimalargadur ulguramiz, nimalargadur ulgurmaymiz...
ko'rgan-eshitganlarimizdan o'zimizcha xulosalar chiqaramiz...
...
keyingi kunga rejalar tuzamiz...
va oxiri baribir bir narsaga qaytib,
nimanidur kovshab kompimizzi ro'parasida o'tiramiz...
Bugun hovlida podsnejnik chiqqanini ko'rib qoldim. To man ishlarimdan bo'shagunimcha qor uni ko'mib qo'yibdi. Ustidan qorparchalarini asta sidirib olib rasmga tushirdim:)