Assalamu alaykum!
Ko`pgina yurtdoshlarimiz va millatdoshlarimiz takliflari va maslahatlari ila
www.oshxona.uz saytini boshqa tillardagi versiyasini ham joriy qilish maslahatini o`rtaga tashlagan edik ko`pchilik tomonidan ma`qullandi va shu ishni amalga oshirish uchun harakatlarni ham boshlab yubordik, ba`zi bo`limlar rus tiliga va ba`zi receptlar ingliz tillariga tarjima qilindi ham.
Ammo bu ishni bir yoki ikki kishiga yuklansa amalga oshishi cho`zilishi mumkinligini his etib, chet tilidan habardor bo`lgan yurtdoshlarimiz va millatdoshlarimizni ham birgalashib amalga oshirishni taklif etib qolamiz. Shoyadki sayi-harakatlarimizdan kishilarga nafi tegsa, shuningdek milliy oshxonamizi dunyoga tanitishga oz bo`lsada hissamizni qo`sha olsak.
Ushbu loyihani amalga oshirishga o`z hissasini, yordamini qo`shmoqchi bo`lgan (rus yoki ingliz tilidan habardor) yurtdosh va millatdoshlarimiz bo`lsa
[email protected] ga istaklarini yozishishlari mumkin yoki shu yerni o`zida ham...
Hozirda, boshlanishiga tarjima qilish uchun har bir bo`limdan bir necha ma`lumotlar ro`yhatini hukmingizga havola etmoqchimiz...
Давоми..
http://forum.oshxona.uz/index.php?topic=259.new#new