Assalamu alaykum.
Va alaykum assalom...
Yurist, oxirgi paytlar qilayotgan postlarizzi ko'rib, iltimos va taklif sifatida o'zimning ba'zi bir fikrlarimni bildirmoqchiman.
Judayam xursandman. Mening postlarimni o'qiyotganingizdan va bunga e'tibor berayotganingizdan...
Yangi yil tabrigi un qo'yilgan rasmlaringizni orasida bir necha rasmlar ko'zimga g'alati ko'rindi. Shulardan iktasini misol qilyapman. Bittasi xotininimi, sevganinimi quchoqlab turgan erkak, ikkinchisi makkajo'xorilarni prikolsifat rasmi. Shu ikala rasm o'zbekona forumda turishi noloyiq deb o'yliman. Avvalgi postlarizda, "aslimizni unutmaylik", degan gapingizga muvofiq tarzda mana shunaqa rasmlarni joylashtirmasligizni iltms qilmoqchi edim..
Xo'p bo'ladi! Rostini aytsam, o'sha ikkita suratdan biri - siz aytgan o'sha quchoqlab turgan erkak, ya'ni kasb haqidagi erkak tyasvirlangan suratni boshida rosa ikkilandim, qo'yaymi, yo'qmi deb... Keyin bittasidan maslahat ham so'radim... U qurg'uram, "Ha, tirikchilikni nima aybi bor? Qo'yavering" degandan keyin xo'p deb joylashtiribman...
Endi boshqa unaqa qilmayman. Ya'ni, boshqa bunaqa rasm joylamayman demoqchimasman, anu odamni gapiga boshqa kirmayman demoqchi edim
Ikkinchi surat haqiqatdan mening aybim. Faqat rasmga qarabmanu, yozuvga qaramabman.
Xullas, o'sha rasmlarni olib tashladim... Rahmat, ogohlantiruv uchun...
Ikkiyuzlamachi degani - munofiq degani. Kimnidir munofiqlikda ayblash un asosli isbotlariz bo'lishi k-k bo'ladi. Aks holda, o'sha ikkiyuzlamachi o'zingiz bo'lib qolishingiz mumkin.
Yo'q-yo'q-yo'q... Bu gapizga qo'shilolmayman... Hamma narsani yurakka yaqin olavermangda unaqa...
Men o'sha postimda "Ikkiyuzlamachilarga gapim yo'q" deganman. Haqiqatdan gapirmaymanda unaqa odamlarga... Masalan, siz biror postizda yolg'onchilarni yomon ko'raman desangiz, nega birovni yolg'onchi deysiz, isbotiz bormi demaymizku... Bu ham tipa shunaqada
Keyingi postimda, ikkiyuzlamachilarga gapim bor ekan deganim, ularga munday to'g'ri yo'l ko'rsatish kerakku, agar shunaqa insonlarni ko'rib qosam kinna-pinna sob, dars berib qo'yaman degan ma'noda aytgandim
Xulosa shuki, hali hech kimga qarata, "sen - ikkiyuzlamachisan!" deganim yo'q.
E, xullas, siz juda yurakka yaqin olib tushunibsiz, shunga menam amallab aylantirib, unaqamasligini ko'rsatmoqchi bo'ldim. Aslida hammasi bundayin jiddiy usulda aytilgan so'zlar emas edi.
Bunaqa so'zlarni hammamiz ham ishlatamizku. "Juda ayyorsizda,mulla Tursunboy", "Voy, pismug'ey", "Oxirgi paytlar ichi qora bo'lib ketyabsizmi?" va h.k.
Tepadagi, inetrvyudan oldingi postizda avval yozgan gaplarizga uzrlar so'rab, qandaydir o'zingizni oqlagandek bo'lib qopsiz...
Bunaqa postlarni ayol kishi yozsa, "ha, ayolde, aqli noqis, bir gal undoq deydi, bir gal bundoq deydi, bir gal jahl qiladi, sal o'tmi uzr so'ridi," deb ko'pchilik uncha ahamiyat bermidi. Lekin bu erkak kishi bo'lsa odamni ko'ziga juda qiziq tuyular ekan... Bu gap faqat sizgagina tegishli emas...
Alloh O'zining marhamati bn sizlarni erkak qilib yaratdi. Va oilada boshliq bo'lishlik ma'suliyatini ham berdi. Biz yashayotgan katta bir jamiyatni ichida oila ham bir kichik davlat, bir kichik jamiyat hisoblanadi. Biz, ya'ni ayollar, mana shu oila deb atalmish davlatimiz rahbarlarini bosiqlik va halimlikda, aql va idrokda, odob va husni-hulqda farzand va ahllari un ibrat bo'la oladigan erkaklarni ko'rishni xohlaymiz:) Va shu bn birga, o'zila ta'rif berib o'tgan, oilani boshqaruvchilari, kuchli siyosatchilari sifatida ham sizlardan ko'p narsa kutamiz:)...
muxlisaxon, boshidagi fikrlariz yaxshi kelayotgandi, birdan fikrlaringiz stavkasi pastga qarab sho'ng'iy boshlayaptiku
Endi hammayam adashadi. Hammamiz ham to'kis qilib yaratilmaganmiz... Adashgan joyiga esa uzr so'rashlik, bu sirayam erkak emas degan ma'noni bermaydi.
Aksincha, o'zining noto'g'ri gapini bila turib, men haqman deganlarni erkak deb atashga til ojizdur...
Xatoni tan olish ham katta mardlik men sizga aytsam! (o'zimni maqtab qo'yay
)
Lekin mayli, bu gaplarga uncha e'tibor bermadimu, ammo qanaqilib siz o'sha postimda uzr so'ralgan ma'noni tushuna qoldiz, shunga hayrinman. U g'irt raddiya va toshbo'ron ediku. O'zimni achchiq zaharlarimni sochgandim... E, qoyil, qanaqa ko'z bilan qarashga bog'liq hamma narsa degani shu bo'lsa kerakda! Qoyil sizga!
Bu gaplarni yozishdan maqsadim sizdan xato-kamchilik axtarish emas. Balki yaxshi fazilatlarizda yana ham yaxshiroq bo'lishingizda bir arzimagan sababchi bo'lishlikdir:)..
Sizni tushundim. Agar mendan xato topishga harakat qilyapti deb o'ylaganimda... ex-xe, xozir shunaqa ishkallar bo'lardiki...
Gappi qisqasi, Yurist:).. sizga haddim sig'ib yozgan ba'zi mulohazalarimni to'g'ri tushunasiz degan umiddaman..
Sizga kattakon, Rahmat. Shunaqa
muxlisalar soni ko'payaversin...
P/S: O'zi bu mulohazaga faqat rahmat berib chiqib ketmoqchi edim. 2 ta sabab bilan, javob yozdim. Birinchisi, Kapalak xonimning undashlari
* va asosiysi ChehMikka o'xshab qomaslik....
**Snoskalar:* — post bo'roniga tayyor turing Muxlisa:)
** — Odatda ba'zi vaziyatlarda bahsdan ko'ra,rahmat tugmachasini bosishni afzal ko'radurmen (: