Assalom aleykum dilfuz.
Ha to'g'ri aytdingiz bu taom aslida qo'y go'shti solinib qilinadi, lekin mol go'shti ham bo'laveradi. Besh barmoqni hamma o'zini retsepti bilan tayyorlar ekan, buni bir nechta pazandalardan so'rab ko'rganimdan keyin bilaganman. Yuqoridagi besh barmoqni buvimlani uslubi bo'yicha tayyorladim.O'zi men taom pishirayorganida ko'pincha nima qanchadan solinishini aniq qilib qilmayman, tahminan odam nechtaligiga yana bazi bir narsalarni hisobga olib pishiraveraman. Shuning uchun masaliqlar sonini aniq ayta olmayman. Besh barmoqda eng asosiysi go'sht , go'sht qancha ko'p bo'lsa shuncha yahshi
.Shuday qilib ilikli suyaklar, lahm go'shtlar va albatta dumbani suvga solib qaynatib pishirib olasiz, Suvni ko'proq qilavering chunki keyinchalik kerak bo'ladi. Qaynash jarayonida suvga ta'bizga qarab qizil sabzi, kartoshka sovorishiz mumkin. Go'sht qaynaguncha 1-2 ta tuhum solib hamir qoring.Hamirni biroz tindirib qo'ying. So'ngra piyozga navbat, piyozni o'rtacha kattalikda to'g'rab biror bir tubi kattaroq idishga solasiz va ustidan go'sht qaynayotgan bulyondan quyib qo'yasiz.Keyin tingan hamirni yozib,yuqoridagi rasmdagi kabi kesib chiqasiz, bu paytgacha go'sht ham pishib qoladi. Haligi piyozni suvini esa yana qaytib qozonga quyasiz, piyozni ustidan esa go'sht, dumba qaynayotgan bulyoning ustiga chiqib qolgan yog'larini sizib olib quyasiz.So'ngra go'sht suyaklarni alohida idishga olasiz.Go'shtdan qolgan bulyonda esa hamirlarni pishirib olasiz. Hamir pishgandan keyin katta laganni olib tagiga piyozdan yaxshilab yoyib chiqasiz, so;ngra hamirni, hamirni ustidan ham 3-4 qoshiq piyoz sepib yuborasiz.Go'shtlarni pichoq yordamda o'zingizga qulay shakllarga kesib hamirning ustidan sepib chiqasiz.Ha aytgancha hali bulyonga sabzi, kartoshka solgan bo'lsangiz ularni ham to'g'rab laganga joylashtishtirishni unutmag-a
.