Allohga tavakkul qiling
Biz dinga o’zini bag’ishlagan, odobli, xulqi go’zal ayol qidiramiz. Biroq biz faqat shu bilan o’zimizni (bir-birimizni) nikoh bilan bog’lashga harakat qilsak, muvaffaqiyatga erisha olmasligimiz mumkin. Chunki biz g’oybni bilmaymiz .
Alloh taolo O’ziga tavakkul qilib suyangan bandalarini yaxshi ko’radi. Biz uylanmoqchi bo’lganimizda bu amalimiz Allohga bo’lgan ixlosimizni va Uning cheksiz ilm va hikmatini qay darajada bilishimizni shundoq ko’rsatib beradi.
Islom uy misoliga o’xshaydi. Mening fikrimcha, uyni loysiz ushlab turish mumkin bo’lmaganidek Allohga tavakkulsiz Islom bo’lmaydi.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilingan sahih hadisda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam asxoblarga ularning hayotlariga ta’sir ko’rsatadigan, qilmoqchi bo’lgan har bir ishlarida Allohdan yaxshilik so’rashni Qur’ondan ta’lim berganlaridek ta’lim berganliklari bayon qilingan. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: "œMa’lum bir vaziyatda nima qilishni bilmay ikkilanib turganlaringda farzdan tashqari ikki rakat nafl namoz o’qinglar va istixora duosini o’qinglar",-deganlar:
عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُعَلِّمُنَا الِاسْتِخَارَةَ فِي الْأُمُورِ كُلِّهَا كَمَا يُعَلِّمُنَا السُّورَةَ مِنْ الْقُرْآنِ يَقُولُ «إِذَا هَمَّ أَحَدُكُمْ بِالْأَمْرِ فَلْيَرْكَعْ رَكْعَتَيْنِ مِنْ غَيْرِ الْفَرِيضَةِ ثُمَّ لِيَقُلْ اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْتَخِيرُكَ بِعِلْمِكَ وَأَسْتَقْدِرُكَ بِقُدْرَتِكَ وَأَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ الْعَظِيمِ فَإِنَّكَ تَقْدِرُ وَلَا أَقْدِرُ وَتَعْلَمُ وَلَا أَعْلَمُ وَأَنْتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ اللَّهُمَّ إِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنَّ هَذَا الْأَمْرَ خَيْرٌ لِي فِي دِينِي وَمَعَاشِي وَعَاقِبَةِ أَمْرِي أَوْ قَالَ عَاجِلِ أَمْرِي وَآجِلِهِ فَاقْدُرْهُ لِي وَيَسِّرْهُ لِي ثُمَّ بَارِكْ لِي فِيهِ وَإِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنَّ هَذَا الْأَمْرَ شَرٌّ لِي فِي دِينِي وَمَعَاشِي وَعَاقِبَةِ أَمْرِي أَوْ قَالَ فِي عَاجِلِ أَمْرِي وَآجِلِهِ فَاصْرِفْهُ عَنِّي وَاصْرِفْنِي عَنْهُ وَاقْدُرْ لِي الْخَيْرَ حَيْثُ كَانَ ثُمَّ أَرْضِنِي» رواه البخاري.
″Ey, Allohim albatta men Sening ilming bilan, Sening O’zingdan yaxshilik talab qilaman va Sening qudrating bilan Sening O’zingdan qudrat-qodirlik talab qilaman va Sendan Ulug’ fazling bilan so’rayman. Sen albatta Qodir Zotsan, men qodir emasman. Sen (hamma narsani) bilasan, men esa bilmayman. Sen g’ayblarnida biluvchi Zotsan. Ey, Allohim agar mana shu ish (shu o’rinda hojatini nomi bilan aytadi (ya’ni, qanday hojati bo’lsa, uylanishmi, safarmi va hokazo...) mening uchun dinimda, maishatimda va ishimning oqibatida (oxirida) — yoki aytsin: ishimning hoziri va kelajagida — yaxshi ekanini bilsang, uni menga taqdir aylab, muyassar qil so’ng uni menga barakotli qil. Agar bu ishni men uchun dinimda, maishatimda (hayotimda) va ishimning oqibatida (oxirida) — yoki aytsaki: ishimning hoziri va kelajagida — yomon (xayrsiz) ekanini bilsang, u ishni mendan va meni u ishdan (chetga) burgin — yiroqlashtir. Qayerda bo’lsa xam, menga yaxshilikni taqdir ayla. So’ng meni bu yaxshilik bilan rozi qil.» Imom Buxoriy rivoyati.
Men ba’zilarning bu duoga e’tiborsiz nazar bilan qarashlaridan ajablanaman. Biz ojiz insonmiz. Zo’rg’a tirikchilik o’tkaza olishimizga yarasha ilmimiz bor, xolos. Shunday ekan nimaga Allohga qaytmaymiz va muhtoj bo’lganimizda ham Uning mukammal yordamini so’ramaymiz. Alloh taolo bandalarining hidoyat va yaxshilik uchun qilgan duolarini qabul qiladi.
Ko’pchilik Istixora to’g’risida noto’g’ri fikrda. Ular istixora duosini o’qiydilar-da kelajakdagi ayolini tushlarida ko’rish va shu kabi g’alati hayollar bilan shoshib o’rinlariga yotadilar. Bu esa namozning asl maqsadi emas.
Istixoraning natijasi turli shakllarda bilinishi mumkin. Avvalo, ichingizdan kelayotgan narsaga amal qiling, ya’ni hozir haqiqatdan ham shu amalni qilishga sizda ishtiyoq bo’lyaptimi yoki yo’qmi? Shu bilan birga, hodisalar sizga nisbatan manfiy yoki musbatga o’zgarayotganiga katta e’tibor bering va nihoyat, ba’zan Alloh subhonahu va taolo tomonidan ne’mat sifatida bir tush bilan siylanishingiz mumkin. Shuni yoddan chiqarmangki, Istixoraning natijasini ta’qib qilishingiz kerak. Aks holda o’zingiz muhtoj bo’lib Allohdan so’ragan narsangizga, Allohning hidoyati va yaxshiligiga qarshi chiqqandek bo’lib qolasiz. Miyangizni butunlay tozalab tashlang, unda avvaldan mo’l yurgan narsalaringiz (o’rnashib) qolmasin. So’ng natijalarni rozi bo’lgan holda ta’qib qiling. Agar yaxshi natajalarga erishsangiz, Alloh meni yaxshilikka muvaffaq qilibdi, deb xursand bo’ling. Aks holda sizdan ishingizning yomonligini burgani uchun Allohga hamd ayting.
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Zaynab roziyallohu anhoga sovchi yuborganlarida Zaynab roziyallohu anho bu taklifni rad etgan va Allohga topshirganini bildirib: "œParvardigorimning xohishini bilmagunimcha hech narsa qila olmayman",- degan. Alloh taolo duolarni qabul qiluvchidir. Uning yordam so’rab qilgan iltijolarini eshitdi va nikohni qo’llab-quvvatlovchi oyat nozil bo’ldi. Rosulullohdek zotdan bo’lgan taklifni rad etganidan o’zimizni yo’qotib qo’yishimiz mumkin, ammo u nikohning qanchalik muvaffaqiyatli bo’lishini yolg’iz Allohgina bilishini ko’rsatib berdi, xolos. Bu amalining mukofoti sifatida ushbu nikohni ma’qullovchi javob muqaddas kitobimiz — Qur’oni Karimda abadul-abad tilovat qilinadigan bo’ldi.
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Oisha roziyallohu anhoga: "œMen sizni uch kecha bir farishta ipak libosda menga olib kelib: "œMarhamat, bu sening xotining",- deganini va yuzingni ochganimda bu siz ekaningizni tushimda ko’rdim. Shundan so’ng men: "œAgar bu Allohdan bo’lsa, U zot buni ro’yobga chiqaradi",-dedim, - degan edilar.
Uylanish jiddiy masala bo’lib to’g’ri yondashishni talab qiladi. Agar uylanish iymonimizning yarmini to’ldirsa, eng yaxshi yarimni kim xohlamaydi?! Agar ayolga noto’g’ri sabablar bilan uylanilsa, bu faqatgina bir musulmon oilaning zaiflashuviga olib keladi. U sizning umr yo’ldoshingiz va farzandlaringizning onasi va tarbiyalovchisi ekanini yaxshilab o’ylab ko’ring. Unga dunyoviy boyligi uchun emas, balki undagi Islomiy ilm va hikmat uchun uylaning. Dunyoviy boyligi uchun uylansangiz uning obro’si bu dunyodadir. Shuning uchun Alloh huzurida obro’si boridan tanlang. Husn bu yuzakidir, ammo iymon go’zalligi cheksizdir.
Allohdan ayol so’rayotganingizda, bizga buyurilgani kabi, Unga o’zining eng go’zal Ismlari bilan murojat qiling: "œAllohning go’zal ismlari bordir. Bas Uni o’sha Ismlar bilan chorlanglar"
Sevimli, soliha juft so’rang, shoyat o’shanda: "œParvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko’z quvonchini baxsh et va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin». (Furqon, 74) deb duo qiluvchilardan bo’lsangiz.
Allohga tavakkul qiling deyishdan boshqa xulosa keltira olmayman. Allohning biz uchun bitib qo’ygan taqdiriga va Uning bizga yordam berishiga ishonishingiz va Unga suyanishingiz shart. Alloh taolo aytadi: "œ(Biror ishga) azmu qaror qilsangiz Allohga tavakkul qiling! Alloh tavakkul qiluvchilarni sevadi». (Oli Imron: 159).
"Sizdan (Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam), bandalarim Men haqimda so’rasalar, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo’ylarning duosini ijobat qilaman. Bas, ular ham Mening (da’vatlarimni) ijobat (qabul) etib, Menga iymon keltirsinlar, shoyad shunda to’g’ri yo’lga tushsalar». (Baqara: 186).