Assalomu alaykum.
Bu yerda fikr bildirgan barcha insonlarga tashakkur.
O'zim ham moderator bo'lganim uchun, o'z fikrimni bildirib o'tmoqchiman...
Moderator - forum deputati... Ya'ni ularni xalqni o'zi saylagan yoki qo'llab-quvvatlagan, o'sha nomzodning moderator bo'lishini xohlagan.
Demakki, moderatorlar ushbu ishonchni suistemol qilishlari noo'rin. Moderator degani bu oddiy userlardan bir kalla baland degani emas. Ba'zu shunday userlar borki, moderatorlardan ko'proq foydasi tegadi.
Post - bu userlarning shaxsiy mulki. O'zining fikri, o'zining mulohazasi, garchand u forum qoidalariga zid bo'lsada... Agar biror post maqsadga muvofiq bo'lmasa, ya'ni tahrirtalab yoki o'chirilishi lozim bo'lsa, moderatorlar o'sha mulk egasiga - post muallifiga albatta bu haqida xabar berishi lozim.
Shaxsan o'zim, agar
Intellekt bo'limida birorta offpost yoki shunday ko'rinishdagi biror mulohaza qoldirilgan bo'lsa, ularni o'chirmayman... Chunki kimnidir mehnat qilib yozgan fikrini o'chirish maqsadga muvofiq emas. Shunchaki uni tahrir qilaman xolos:
Misol uchun:
Osaka
!DIQQAT! Shahar takrorlangan! Iltimos, yangi shahar kiritishingizdan oldin mana bu yerdagi ro'yxatni bir ko'zdan kechirib oling.
Umumiy ro'yxat
Agarda forumdoshlar orasiga sovuqchilik tushiradigan va o'chirishni talab qiladigan post bo'lsa, unda o'sha postni o'chirib muallifiga PM orqali xabar berish kerak. Bundan ikkita maqsad bor:
1. Avvalo bu o'sha post muallifi huquqlari va shaxsini hurmat qilish...
2. Keyingi safar qoldirilishi mumkin bo'lgan xuddi shunday postlarni oldini olish, ya'ni ogohlantirish. Shunchaki o'chirgandan ko'ra, bu haqida xabar bersa va ogohlantirsa, ko'proq foydasi tegadi.
Марҳамат, агар бирон постингиз счирилганини сезсангиз, бизга ЛМ ёзинг. Иншааллоҳ жавоб берамиз.
Bu fikringizga qo'shilmayman. Avvalo, forumda bo'lim moderatorlaridan tashqari global moderatorlar ham bor. O'chirilgan postni esa, aynan kim o'chirganini bilib bo'lmaydi.
Tasavvur qiling,
Intellekt bo'limida bir post o'chirildi. Uning muallifi kimga murojaat qiladi? Xo'p, avval menga. Agar men o'chirmagan bo'lsamchi? Undan keyin o'sha bechora muallif, yana kimga murojaat qiladi? Sizga! Siz bo'lmasangiz, Munira xonimga. Ular ham bo'lmasa Robiyaga. Keyin oxirida administratorga... Shunaqami?
Bu kulgili emasmi birodar???