Tayanch iboralar: Qur’oni Karim Allohning muqaddas kalomi. Qur’on oyatlarining tafsiri va ta’vili. Qur’onning tarjimasi, so‘z-maso‘z tarjima, "œbilmisl" tarjima, "œbig‘ayril misl" tarjima, Qur’onning ma’naviy tarjimasi. Ma’naviy tarjima shartlari. Odamzodning butun ma’naviyruhiy ehtiyojlari. Rasuli akramga Qur’onni keltirgan elchi — farishta Jabroil (a.s.) edilar. Qur’on, Furqon, Zikr, Kitob. Makkadagi "Nur" tog‘ining "Hiro" g‘ori. Xalifa Abu Bakr As-Siddiq (r.a.) bir mushafga(muqovali kitobga) jamladilar, Xalifa Usmon (r.a.) davrlarida esa Mushafni yetti nusxaga ko‘paytirilib, biri Madinada qoldirildi. Qur’onni o‘qish oson bo‘lishi uchun Abul Asvad Ad-Dualiy va Nasr ibn Osim unga harakat alomatlarini qo‘yishdi, Al-Hasan Al-Basriy nuqtalar qo‘yishni ijod etdi. Qur’on — isloh kitobidir. Qur’on butun insoniyatga yuborilgan, Qur’oni Karim Alloh tomonidan muhofaza qilingan, Qur’on — ilohiy so‘z mo‘‘jizasi, Qur’on mo‘minlarga shifo va rahmat, nur va hidoyatdir. "Ibodatning eng afzali Qur’onni tilovat qilmoqdir". Mujtahid olimlar, Qur’on matni tili, shariati Islomiya, juz’iy masalalar, kulliy(umumiy) qoidalar, qoidalarning yig‘indisidan hosil bo‘luvchi malaka.