forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim => Islom => Rasululloh SAV va sahobalar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 08 Fevral 2008, 09:19:39
-
Abu ad-Dardo (vafoti 652) - ansorlardan, Imom Molikning olim va hakimlaridan, Uhuddan boshlab barcha janglar qatnashchisi, 179 hadis rivoyat qilgan.
Sen olim, yo o‘rganuvchi yoki unga quloq tutuvchi bo‘l. Lekin to‘rtinchisi bo‘lmagilki, halokatga yuz tutasan.
* * *
Kim ilm o‘rganishga chiqish jihod emas, desa, uning aqli va fikrida noqislik bor ekan.
* * *
Mo‘minning tanasida tilchalik Alloh sevgan parcha et yo‘qdir. Alloh mo‘minni tili tufayli jannatga kiritadi. Kofirning vujudida tilchalik Allohga yoqimsiz parcha et yo‘qdir. Alloh taolo kofirni tili tufayli do‘zaxga tashlaydi.
-
Boy birodarlarimizga adolat qilmadik. Ular yeydilar, biz ham yeymiz. Ular ichadilar, biz ham ichamiz. Ular qiynaladilar, biz ham qiynalamiz. Ularning ko‘p mollari bor, unga qarashadi, biz ham ular bilan birga u mollarga qaraymiz. Ular hisob berishadi, ammo biz hisob berishdan ozodmiz.
* * *
Odamlar kambag‘allikni yomon ko‘radilar, men yaxshi ko‘raman. Ular o‘limni yomon ko‘radilar, men yaxshi ko‘raman. Faqirlikni Rabbimga tavoze’li va o‘limni Rabbimga mushtoq bo‘lganim uchun yaxshi ko‘raman.
* * *
Yaxshilik qilganingizda Allohga hamd ayting, mabodo biror gunoh ish sodir etib qo‘ysangiz, albatta Allohdan mag‘firat so‘rang.
-
Yaxshilik chirimaydi va yomonlik unutilmaydi.
* * *
Yaxshilarni sevib, siz haqingizda haq bir gap aytilganida qabul qilar ekansiz, xayr-barakot ichidasiz.
* * *
Yaxshilik mol va farzandlarning ko‘pligida emas. Yaxshilik keng fe’lli, axloqli bo‘lish, ilm olish va Allohga ibodat qilishda boshqalarga ibrat bo‘lishdadir.
* * *
Banda o‘limni qancha ko‘p zikr qilsa, uning xursandligi va hasadi shuncha kam bo‘ladi.
http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=465&Itemid=60