Rasmlar uchun rahmat:)
Uzr, "bulduruq" "qirov" deganimi?
Bulduruq qirov degani. Faqat u ko'proq tushadi.
Faqat qishloqning u yer-bu yerida tansiq bodomlar oppoq bulduruq bog‘lagandek gullab turar, ularning ham shamol yo‘lida turganlarini sovuq urib, oq gullarini sarg‘aytirib qo‘ygan, tomorqadagilari omon — ostida kechasi buruqsitilgan tezak tutuni ularni ayozdan asrar edi.— Xo‘p, man bir oz damimni rostlay, — dedi u va tag‘in xarsangga o‘tirdi. Qo‘tir xarsang ustidagi qirov endi «erigan», uning hamma yeri nam edi.Shukur Holmirzayev - BOYCHECHAK OCHILDI (hikoya)O'zbek tilining izohli lug'atida BULDURUQ so'ziga shunday ta'rif berilgan. Aslida uning 3 ma'nisi bor va men uni birinchi ma'nosini yozaman.
Bulduruq1. Ayozli, sovuq kunlari yoki tuman paytlarida nam havo zarralarining muzlashi natijasida hosil bo'ladigan mayda qattiq qor, qirov. Masalan: Tushdan keyin osmon yuzini sarg'ish tuman qoplab, mayda bulduruq yog'a boshladi. Mirmuhsin. "Chiniqish"