Ayni damda HAYOT kitobini o`qiyapman, "O`N TO`QQIZ"inchi bobni hademay tugatib, yaqinda "YIGIRMA"nchi bobga ham o`taman nasib bo`lsa... Shuncha bo`limni o`qib qo`yibman-u, biroq kitobdagi hikmatlarni keragicha uqiy oldimmikin deb o`ylayman... Kitob mundarijasi asosan to`rt qismga bo`lingan: BAHOR, YOZ, KUZ, QISH... Bu kitobning boshqalardan farqi, undagi ayni damda o`qiyotgan betlaringizdan keyingisini istasangizda oldindan o`qiy olmaysiz, biroq hohlasangiz, oldin o`qigan betlaringizga nazar tashlab, ulardan nima olganingiz-u, nima o`rganganingizni sarhisob qilishingiz mumkin... Bu kitobning hajmi qancha, yana qancha bo`limlari qoldi, voqealar rivoji qanday bo`ladi, bu ham mavhum... Ajabki, HAYOT kitobi har bandaga atab alohida-alohida bitilgan va yetti yarim milliarddan oshiq nusxada... Yana qanchadan-qanchasi nashr etilish arafasida.
HAYOT kitobining adadi qancha nusxada va hajmda, yana turfa janrda, voqealarda yozilganidan qat'iy nazar, muallifi bitta, u ham bo`lsa ALLOHdir!
HAYOT kitobimizning har bir varag`ini iymon nuri bilan bitgin, yo Rabbim...