Assalomu alaykum.
4 kuncha bo'lib qoldi. Bir judayam ajoyib tush ko'rdim. Alloh umrimizni ziyoda qilib,nasib ko'proq umr ko'rsak agar bir kun nimalar yozgan ekanman,deb postlarimni bir titkilaganda bu tushimni eslab qo'yarman
Juma kuni ko'rgandim. Bir dunyo kitoblar orasiga tushib qolibman. Orasida aylanib kitob tanlab yurganmishman. Shunda 2 ta kitobni ko'rib qolib oldiga bordim. Hammasidan ajralib turadigan,juda ajoyib nur taratib turgan ekan. Judayam qalin. Muqovasi yashil va tillarang yozuv,naqshlar bilan bezatilgan. Xuddi qidirgan boyligimni topgandek xursand bo'lib ketdim. Bittasi " Muslim hadislari" ,
Ikkinchisi " Buxoriy va Navaviy hadislari" deb yozilgan ekan. Lekin xuddi Ruhiy tarbiya kitobini 1,2,3 juzlari bo'lganidek bu ikki kitob ham asli bir kitob ekanu,avval " Muslim hadislari" o'qilib,so'ng ikkinchi kitobga o'tilar ekan. Lekin "Buxoriy va Navaviy"kitobi juda o'tkir kitob ekan, "Muslim"ni o'qimasdan uni o'qib,tushunish qiyin ekan. Xullas, " Muslim hadislari" kitobni olib,ustidagi qalingina muqovasi-yu, zarxal yozuvlari,bezaklari va chiroyiga mahliyo bo'lib turganimda kimdur etdi. Shunchaki ovoz eshitildi-yu,uni kim etayotganini ko'rib bo'lmadi. " qo'lingdagi kitobni shoshmasdan,tushunib,har bir sahifaga diqqat qilib o'qigin. Bo'lmasa undagi ma'noga tushuna olmaysan. Tez o'rganilgan bilimda baraka bo'lmaydi. Diqqat qil va e'tibor,juda e'tibor qilib o'qi" deyildi.
Shu bilan tush tugap qoldi
Eh esiz,o'sha qo'limdagi turgan " Muslim hadislari" real hayotdayam qo'limda bo'lsaydi. Haqiqatdan ham juda go'zal,judayam go'zal kitob ekan.
Uni o'qib tugatgandan so'ng,ikkinchi jild,judayam kuchli yozilgan kitob ham o'qilishi kerak.
Ha-ya, Navaviy hadislaridan bir ikki kitobda o'qigandim-u,lekin ular haqida ma'lumot hech qidirib ko'rmagan ekanman. Shu bohona ular haqlarida izlap,o'rganib ko'rdim.
Xullas,tushim tugap qolgan bo'lsa ham o'sha tanlaganim 2 ta kitobga o'ngimdayam judayam oshiq bo'p qoldim
Forumdoshlarga ham go'zal tushlar hamroh bo'lsin