Siyrat va fazilatlari
Alloh rozi bo’lsin Abu Bakrni shunday ta’riflashadi: oqishdan kelgan, yonoqlari ozg’in, qirra burun, siyrak soqolli, ochiq yuzli, ko’zlari ichiga botgan, peshonasi keng, kaftlari katta, tetik ko’rinuvchi kishi edilar. Soch-soqolining oqlarini hina va katam bilan bo’yab yurardilar. Zuhriy aytadi: "Abu Bakr oq-sariqdan kelgan, latif, muloyim, sochlari jingalak, ikki yonboshi ingichka kishi bo’lganlar. Shuning uchun ham kiygan izorlari bellarida turmasdi. U zotning Busraga bir necha marta savdo uchun kelganlari rivoyat qilinagan. Abu Bakr Siddiq ser ibodat, yaxshilikda ummatning peshqadami edilar. Abu Hurayra rivoyat qiladilar: "Rasululloh s.a.v bir kuni sahobalardan so’radilar:
- Qaysi biringiz bugun ro’zadorsiz?
- Men, - dedilar Abu Bakr.
- Qaysi biringiz bugun janoza namozida qatnashdingiz?
- Men, - dedilar Abu Bakr.
- Qay biringiz bugun bir miskinni to’ydirdingiz?
- Men,- dedilar Abu Bakr.
- Qaysi biringiz bugun bir bemorni borib ziyorat qildingiz?
- Men , - dedilar Abu Bakr.
- Qaysi kishida bu fazilatlar jamlansa jannatga kiradi, - dedilar Rasululloh s.a.v." ( Muslim rivoyati). Abu Bakr Siddiq Islom niholining bo’y berib, tomir otishi uchun molu-jonini ayamadilar. Abu Hurayradan: "Rasululloh s.a.v: "Hech kimning moli menga Abu Bakrning molidek naf bergan emas",- dedilar. Shunda Abu Bakr yig’lab aytdilarki: "Ey, Allohning rasuli! O’zim ham molim ham sizga fidodir".