Assalomu alaykum!
Barchangizni mana shu forumga a'zo bo'lganingiz va faol ishtirokingiz bilan qutlayman.
Mavzu nomidan kelib chiqib bu mavzuda forumdagi eng qiziqarli statistikalardan sizlarni bahramand qilishga harakat qilaman.
O'ylaymanki, sizga judayam qiziq bo'ladi. Savol va takliflar bo'lsa, marhamat!
Demak, boshladik:
Iyul oyi forumda birqancha rekordlar o'rnatildi. Bu rekordlarda forumning yangi a'zosi Suleymanbeyning qardoshi
Uthmanning hissalari katta bo'ldi. Gap shundagi janob Uthmon bu oyda barcha forumchilarni eng ko'p post qoldirish borasida ortda qoldirdi. Uning statistikasi ham fantastik ko'rinish oldi:
Kuniga 391 ta post. Iyul oyida forum.ziyouz.com ga qilingan postlarning
65 foizi ham aynan Uthmanga tegishlidir.
Iyul oyida forum tarixida:
oyiga eng ko'p post qoldirildi:
12020 taoyiga eng ko'p sahifa o'qildi:
143891 tabir vaqtning o'zida eng ko'p kishi onlayn bo'ldi: 15 Iyul 2007, 06:22:37 da
569 kishi.
Ayni paytda
http://forum.ziyouz.com Respublika forumlari reytingida
13-o'rinda turibdi. Agar sof o'zbekcha forumlar reytingiz tuzilsa, forumimiz eng yuqori o'rinlarda bo'lardi.
Boshqa g'aroyib statistik ma'lumotlar bilan quyida tanishishingiz mumkin. Bu ma'lumotlar forum statistika markazi va forumga o'rnatilgan boshqa counterlar ma'lumotlari asosida tayyorlandi.