Assalomu alaykum!!!
Yaqinda Surhondaryoda safarda bo’lib, o’tgan ulug’ avliyolarni ziyorat qilib qaytdik,
shu bois forumga ham bir muddat kira olmadim.
Kelgunimcha forumimiz ancha jonlanib ketibdi, bundan juda hursand bo’ldim.
Menga quyidagi savol berilgan ekan.
Insoniy muhabbat qachon ibodatga aylanadi?
Avvalo savol uchun tashakkur!
Unga qisqa va lo’nda javobim shunday:
Insoniy muhabbat qachonki Alloh roziligi yo’lida bo’lsagina u ibodatga aylanishi mumkin! Biroq savolingizga biroz batafsilroq javob bergim keldi.
As’ad Jo’shon "œTasavvuf va go’zallik" asarlarida ushbu hadisi sharifni keltiradilar: "œ
Jonim qudrati qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, jannatga kira olmaysizlar, toki mo’min bo’lmaguncha, mo’min bo’la olmaysizlar, toki bir-birlaringizni sevmaguncha!"
...Ana shu asnoda, ana shu ma’noda sevmoq ham bir ibodatdir. Ammo juda muhim bir ibodat va jannatga kirmoq sababidir...
Bundan tashqari, hazrat o’zlarining "œHaqiqiy sevgi" risolalarida shunday deydilar:
Madinada Payg’ambar janobimizning masjidiga borib, bir hafta-sakkiz kun o’sha yerda qolsak, 40 vaqt namozni unda o’qidim, deb ko’p sevinamiz. Buni qila olmagan birodarlarimiz o’kinadilar. Bir yil u yerda e’tikof o’tirmoq naqadar savobli!
Lekin musulmonning bir musulmon birodariga shavq bilan nazar qilmog’i undan ham yaxshiroqdir...
Endi tasavvur qiling!O’sha birodaringiz - "œu", ya’ni jufti halolingiz bo’lsa!..
Qarshingizda Allohning mo’jizasi — "œnasibangiz" turibdi!.. Qaysiki, sizni shoh oz’ini malika sanaydigan, siz uchungina eng chiroyli liboslar kiyadigan, eng shirin va muloyim so’zlarni so’zlaydigan (nomahramlar bilan ular tama’ qilib qolmasliklari uchun samimiy, to’g’ri muomala qiladigan"¦
Azhob 32-33), sizni ishga ochiq chehra bilan kuzatib, ishdan qaytganingizda xush kayfiyat bilan kutib oladigan va siz uchun eng laziz taomlarni tayyorlaydigan..., ko’rganda ko’zingiz quvonadigan malak!..
U atrofingizda girdi-kapalak, elib-yugirib xizmatingizni qilayotir, u bo’lajak yoki bor jajji farzanlaringizning onasi, qisqasi u har on yoningizda"¦
Unga muhabbat bilan boqasiz"¦ Har boqqaningizda Alloh sizga shunday soliha zavja - go’zal fazilatli yor nasib etganidan quvonib (shukr qilib) yashasangiz va har boqqaningizda (u ham sizga boqqanida) qat-qat savob ham olib tursangiz, gunohlaringiz barmoqlaringiz orasidan tinmay to’kilib tursa... Siz ham unga "œ
Sizlarning eng yaxshilaringiz o’z ahli ayoliga yaxshi muomalada bo’lganingiz "¦" hadisiga muvofiq chiroyli muomalada bo’lsangiz"¦ A, bu Yaratganning sizga ato etgan bebaho ne’mati emasmi?!
Bir ulug’ zot, biz o’sha ko’p o’qiydigan: "œ
Robbana atin afid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar..." duosini shunday sharhlagan ekanlar:
Dunyoning yaxshiligi ham, oxiratning yaxshiligi ham, do’zaxdan omon qolib, jannatga kirmoqning sababi ham SOLIHA XOTIN sababidan bo’ladi"¦
Darhaqiqat, Allohning lutfi marhamati bilan, bunday juft tufayli har qanday insonning oilasi tinch va ro’zg’ori ajib bir gulistonga aylanishiga shubhasiz ishonaman!..
Barchangizga oruzuingizdagidek go'zal baxt nasib etishini tilayman!