* * *
Hotam ul-Asom rahmatullohi alayh shunday debdilar: «Kimki to‘rt narsani to‘rt narsasiz da’vo qilsa, uning da’vosi yolg‘ondir:
Allohni yaxshi ko‘rishni da’vo qilsayu, Alloh taolo harom qilgan narsalardan tiyilmasa, da’vosi yolg‘on.
Payg‘ambar alayhissalomni yaxshi ko‘rishni da’vo qilsa-yu, miskin va faqirlarni yomon ko‘rsa, da’vosi yolg‘on.
Jannatni yaxshi ko‘rishni da’vo qilsa-yu, sadaqa qilmasa, da’vosi yolg‘on.
Do‘zaxni yomon ko‘rishni da’vo qilsa-yu, gunohlardan to‘xtamasa, uning ham da’vosi yolg‘on».