Assalamu alaykum hurmatli forumdoshjonlar.
Manam endi biiiir boshdan yozib chiqsam.
AbdulAziz akamizni boshida hammani tanqid qiladigan odam deb o'ylagandim. Keyinchalik tez-tez gaplashganimizdan so'ng va ko'rishganimizda fikrim butunlay o'zgargandi. Umuman olganda admin akamiz o'rni kelganda jiddiy, o'rni kelganda hazilkash inson ekanla, jahllarini chiqarish qiyinu, lekin bir chiqsa yomon bo'ladi. Savol berganda juda chiroyli qilib tushuntirib beralla....
shoir degan akamiz bor edila, xoziram borlayu, lekin forumga kirmayaptila. Juda xushmuomila edila. u bu kim bilan urushganlarini eslolmayman.
Abu Muso akamizni ilmlariga juda juda havas qilaman va tan beraman. tanbeh berishniyam qoyillatsala kerak. O'zlaridan kichkinalarga ham tengdoshlaridek munosabatda bo'larkanla.
Mo'min Mirzo - forumni ilmli va ayni paytda ilmga chanqoq userlaridan. Suhbatdoshlarini zeriktirmasala kerak.
Muhammad Amin bilan bir kursda o'qiganmiz. Mandan kichik "bratishka"ladan deb o'ylagandim. aslida mandan katta ekan. Institutda juda yaxshi o'qigan bola, molodec
ikbaljohn akamiz ham xoz forumga kirmaydila. internetda gaplashganda juda hazilkash odam. Lekin ko'rishib gaplashgan odam umuman boshqa kishi deb o'ylardi. Hayotda juda og'ir-bosiq, kamgap inson.
Abdulloh - ilmga chanqoq ukalarimizdan. zo'r bola. ayni paytda facebookdan bo'shamayapti shekilli.
UmmatiY_MuhammadiY - ilmli okalarimizdan, yoshlari mandan ancha katta bo'lsa kerak. Oxirgi paytlarda postlarini ko'rmayamman.
ChehMik okamizga endi gap bo'lishi mumkin emas. Kayfiyatni ko'tarishda ulaga teng keladigani yo'q.
Chustiy okamizni boshida salla o'rab yursa kerak deb o'ylagandim. Juda yaxshi suhbatdosh. gaplashib zerikmaydi odam. Juda ko'p mavzularda gaplashganmiz, hamma mavzuda bemalol sporlasha oladigan inson. Pishirgan ovqatlarini mazasi esa ancha paytgacha og'izdan ketmaydi, qo'llardi dard ko'rmasin.
Y_U_R_I_S_T zakovatchi ukamiz, kayfiyatni ko'tarishda
ChehMikdan qolishmaydi. Juda quvnoq yigit.
Musannif Adham yangiliklar yozib charchamaydila. Odoblariga qoyil qolaman.
Ziyovuddin ham forumni eng odobli userlaridan biri. virtualda ham realda ham o'zini juda odobli tutadi.
Habib akamizni yosh bola deb o'ylagandim. Til topishish juda oson. Intelekt bo'limining faol ishtirokchilaridan. Forumda ham xizmatlari juda katta.
Aqoid akamizni postlaridan ilmli, ziyoli inson deb o'ylayman. Bir suhbatlashish niyatim bor shu akamiz bilan, inshaAllah.
Shoxjahon12 manimcha forumni kuzatishni yaxshi ko'rsala kerak, ta'gib bilmadimov.
Javik ukamiz, forumga kirganida juda sho'x bola edi. Forumga kirib anchagina o'zgarib qoldi. Forum uchun ter to'kib mehnat qiladigan userlardan.
Best friend - nickidan ma'lum bo'lishicha hamma bilan do'stlashib ketsala kerak. mandan kichkina user deb o'ylayman. ayni paytda juda faol.
TITAN-UZ okamiz vafo.uz degan forum ochvolib ziyouzga bo'lgan vafolarini kamaytivordila. Biroz jizzakiroq okalarimizdan
Muslima opamizga esa gap yo'q. haliyam bog'cha boradigan qizchalaga o'xshataman
Munira xonim ham ajoyib opalarimizdan, ulayam xoz kirmaydila forumga. forum uchun anchagina mehnat qilgandila. Boshida ulani juda kibrli deb o'ylagandim, keyinchalik fikrim 180 gradusga o'zgargandi. Opamizni postlarini sog'indik/
Mahdiyah -
Muslima opamizni singillari. to'g'risi opalariga nisbatan mulohazalari kengroq inson. kamchiliklari ba'zida birorta userni gapini xato tushunib urushib qolardila.
Hadija bu userka bilan til topishish juda qiyin. biroz janjalkashligi bo'lsa ham juda aqlli inson, odobli, ilmli, taqvoli. odatda bir chekkada jimgina o'tiradi, lekin birov jig'iga tegsa bormi, dahshat, hamma yoq portlab ketadi, jahli judayam yomon. a tak hurmatim baland bu userkaga. Tushunadigan inson, lekin oqibat digan narsa birozgina kamromi diman shu qizda
Munavvara Hadijani singlisi. Manman qiz bo'lsa kerak deb o'ylagandim, lekin unaqamaskan. Biroz sodda qiz
, osongina aldanadi. Tibbiyotga qiziqadi. Hasharotladan juda juda qo'rqadi
Robiya - buxorolik userka. Futbolni jinnisi edi, forumga kirib o'zgarib ketti. Futbolga umuman qiziqmi qo'ydi, futbolga ketadigan vaqtini kitob o'qishga sarflaydigan bo'ldi. Ilmli taqvoli userka. Yaxshi suhbatdosh, odatda hazilniyam jiddiy qabul qiladi.
humayro - bu userkani forumga a'zo bo'lmagan paytlaridan bilardim. Hali maktabda o'qisa kerak deb o'ylagandim. Juda qiziquvchan va intiluvchan inson. Birovga ozor berib qo'yishdan juda qo'rqadi. Ilmlari va taqvolariga ko'z tegmasin, juda havasim keladi.
G_u_l_i - hurmatga loyiq muslimalardan. O'zini tutishiga tan berganman. Ingliz tilini inglizlaga o'rgatadigan userlarimizdan.
_IYMONA_ -
G_u_l_ini qo'shnisi. O'ziga yarasha ilmga va taqvoga ega userka, hazilni yaxshi ko'radiyu, lekin o'zi oxirda ko'taromi qoladi
Kapalak opa forumga birinchi yozgan paytlarida yosh qiz deb o'ylagandim. Har holda bekorgamaskan, ishlari yosh bolachala bilan ekan
siddiqa haqidagi fikrim, juda yuvosh va beozor inson bo'lsa kerak.
Lu'Lu' opani nasihatlariga amal qilgan kishi kam bo'lmaydi.
BelleQizcha - bir qarasa jiddiy, bir qarasa juda quvnoq. Manimcha bu userka birovni jig'iga tegishni yaxshi ko'rsa kerak
PS:Hozir esimga tushganlarini yozdim. Qolganlarini ham inshaAllah yozaman. Hammalaridan Alloh rozi bo'lsin.