Bosh sahifa
Yordam
Qidiruv
Kirish
Registratsiya
B
Y
Q
K
R
forum.ziyouz.com
Ilm va ziyo
Ma'rifat
Hikmatlar durdonasi
Hikmatlar durdonasi ( 94233 marta o'qilgan)
Chop etish
1
...
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
...
25
B
Munira xonim
26 Fevral 2009, 08:58:41
"Mayda narsalarga keragidan ortiq e'tibor beradiganlar, katta ishlarni eplolmaydiganlardir".
Aflotun
Qayd etilgan
Hadija
26 Fevral 2009, 17:21:36
Birovni o`rgatishingga o`zing o`ganishing uchun lozim bo`lgandan ko`ra ham ko`proq aql kerak.
Mishel de Monten
Kam ichding nima-yu, ko‘p ichding nima, farqsiz, igna ham yo‘g‘on qoziqning uchi ham ko‘zga kirar bo‘lsa baribir ko‘r qiladi.
Tohir Malik
Ilmni fursat bo‘lganda o‘rganaverish kerak. Chunki ilm zarur bo‘lgan paytda fursat topilmaydi.
Abdulloh ibn Mas’ud
Qayd etilgan
Muhseena
26 Fevral 2009, 20:34:56
Kimki intilmasa,u hech narsaga erishmaydi,kimki shijoat ko'rsatmasa,u hech narsalik bo'lmaydi,kimki o'zining ma'naviy quvvatidan foydalanmasa,bu quvvat uni tark etadi.
Tohir Malik
Qayd etilgan
Abdulhafiz
27 Fevral 2009, 00:15:36
"Qattiq yuganlashga hurkovuch otdan nafs muhtojroqdir".
Hasan Basriy
Qayd etilgan
Hadija
27 Fevral 2009, 19:30:23
Poklik kambag'allikni, shukr ne'matni, sabr baloni, halimlik ilmni, o'zini past tutish shogirdni, ko'p yig'lash Allohdan qo'rqishni, minnat qilmaslik ehsonni, hushu' namozni ziynatidir.
Abu Bakr Siddiq r.a.
Quyoshning issiqligidan qiynalgan kishi soyani yahshi ko'rgani kabi, soyaning sababchisi bo'lgan daraxtlarni ham yahshi ko'radi. Insonning Allohga muhabbatiga kelsak; Borliqdagi barcha narsaning Alloh taolo qudratiga bog'liqligi soyaning daraxtga, nur-yorug'likning quyoshga bog'liqligiga o'xshaydi.
Imom G'azzoliy
Yoki ilmli bo‘l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo‘l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo‘l, ammo to‘rtinchisi bo‘lma, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasan.
Abulqosim az-Zamaxshariy
Qayd etilgan
Hadija
27 Fevral 2009, 19:39:33
Ey Odam bolasi, sening sahifang ochildi, ikki hurmatli farishta senga vakil qilindi. Bittasi o‘ng tarafingda turib yaxshiliklaringni yozadi, ikkinchisi chap tomoningda yomonliklaringni bitadi. Nimani xohlasang, qilaver. Vafot etganingda sahifang berkitiladi va qabringda bo‘yningga osib qo‘yiladi. Qiyomat kuni shunday holda qabringdan chiqasan.
Hasan Basriy
Sizga uzatilgan hamma qo'lni tutavermang, chunki inson niqobidagi necha shaytonlar bor.
Jaloliddin Rumiy
Dunyo mo'minlarning bozori, kecha va kunduz sarmoyalari, go'zal amalar tijorat mollari, jannat foydalari, jahannam esa zararlaridir.
Hazrati Abu Bakr r.a.
Qayd etilgan
Hadija
27 Fevral 2009, 19:57:59
Haqiqiy boy — nafsi to`q odamdir.
Hadisi Sharif
Olloh taolo o`z rahmatini yuz bo`lak qilib yaratib, to`qson to`qqiz bo`lagini o`zida saqlab qoldi. Uning bir bo`laginigina yerga nozil qildi. Olloh taoloning yerga nozil qilgan ana shu bir bo`lak rahmati tufayli butun borliq o`zaro rahmdillik qilg`aydir. Hattoki ot ham bolasini mayib qilib qo`yishdan cho`chib, tuyoqlarini ehtiyotkorona ko`tarib boradi.
"Hadisi Sharif"
Har bir ezgu amal sadaqadir.
"Hadisi Sharif"
Qayd etilgan
Abdulhafiz
28 Fevral 2009, 08:29:54
"Yaxshi mavzudagi tafakkur o'sha yaxshilikni qilishga undaydi. Yomonlikdan afsus-nadomat qilmoq o'shanday yomonlikdan qochishga undaydi".
Ibn Abbos r.a.
Qayd etilgan
Abdulhafiz
28 Fevral 2009, 08:48:45
"Orzu-havas qalbda bir ipdir, bir uchi oyog'ingga bog'langan. Qalbingdan orzu-havasni chiqargin, oyog'ingdagi bog' yechilsin".
Ibn Sammok
Qayd etilgan
Muhseena
28 Fevral 2009, 16:04:49
Tiriklik shubhasiz bandalikdur,
Bandaliksiz tiriklik sharmandalikdur.
Jaloliddin Rumiy
Qayd etilgan
Chop etish
1
...
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
...
25
T
SMF 2.0.7
|
SMF © 2011
.
Ziyo istagan qalblar uchun © 2004-2013
ModernStyle theme by Bloc